Farmonga köra, 2026 yil 1 martdan quyidagi yangiliklar amalga kiritiladi:
- tadbirkorlarning barqarorlik reytingini aniqlaşda intellektual mulkka oid huquqbuzarliklar uçun sud tomonidan javobgarlik çoralari qöllanganligi reyting ballarini kamaytiruvçi körsatkiç hisoblanadi;
- aksinça, tovar belgilari va xizmat körsatiş belgilariga ega böliş tadbirkor uçun qöşimça ball beruvçi körsatkiç sifatida inobatga olinadi;
- intellektual mulk obektlariga doir muhofaza hujjatlari (guvohnoma, patent) dublikati tölov asosida onlayn şaklda beriladi.
Şuningdek, farmon bilan intellektual mulk sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va taşabbuskorlarni rağbatlantiriş maqsadida “Intellektual mulk sohasini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun” kökrak nişoni ta’sis etiladi.
Intellektual mulk obektlarini boşqariş böyiça oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaş yölga qöyiladi:
- 2026-2027 öquv yilidan – Özbekiston milliy universitetida;
- 2029-2030 öquv yiligaça – kamida yana 4 ta oliy ta’lim muassasasida.
Bundan taşqari, 2026 yildan boşlab har yili quyidagi nominatsiyalar böyiça respublika tanlovi ötkazib boriladi:
- “Eng yaxşi ixtiro”;
- “Eng yaxşi foydali model”;
- “Eng yaxşi sanoat namunasi”;
- “Eng yaxşi EHM uçun dastur va ma’lumotlar bazasi”;
- “Eng yaxşi seleksiya yutuği”.
Tanlovning har bir nominatsiyasi böyiça:
- 1-örin ğolibiga – BHMning 150 baravari;
- 2-örin ğolibiga – BHMning 125 baravari;
- 3-örin ğolibiga – BHMning 100 baravari miqdorida mukofot puli beriladi.
Mazkur çora-tadbirlar intellektual mulk sohasidagi huquqiy madaniyatni oşiriş, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş, şuningdek, ixtiroçilar va mualliflarni yanada faol innovatorlikka undaşga qaratilgan.












