O‘zbekiston | 19:37 / 01.06.2017
19522
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston viza cheklovlari Indeksi-2017da nechanchi o‘rinni egalladi?

Henley & Partners kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilgi viza cheklovlari Indeksida O‘zbekiston 83-o‘rinni Kot-d'Ivuar, Senegal, Tojikiston va Togo davlatlari bilan bo‘lishib turibdi. 

Birinchi o‘rinda Germaniya joylashgan. Uning fuqarolari 176 davlatga vizasiz borishi mumkin. Ikkinchi o‘rinda Shvetsiya, uning fuqarolari 175 mamlakatga tashrif buyurish imkoniga egalar. Uchinchi pog‘onada – Daniya, Finlyandiya, Italiya, Ispaniya va AQSh – 174 davlat. To‘rtinchi o‘rinda Avstriya, Belgiya, Fransiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Norvegiya, Singapur, Buyuk Britaniya qayd etildi – 173. Beshlikka Irlandiya, Yaponiya, Yangi Zelandiya yakun yasab berdi – 172 davlat.

O‘zbekistonning qo‘shnilaridan Qozog‘iston 67-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 78-o‘rinni egalladi. Turkmaniston – 87-pog‘ona, Afg‘oniston – 104-o‘rin.

Henley & Partners  kompaniyasining viza cheklovlari Indeksi – mamlakatlarning xalqaro reytingi bo‘lib, unda fuqarolarning harakatlanish erkinligi darajasi hisobga olinadi. Kompaniya dunyoning 200 dan ortiq davlati va hududlari viza qoidalarini tahlil qiladi. Reyting 10 yildan ortiq vaqt davomida havo transporti Xalqaro assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tuziladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid