Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi portlash oqibatida 39 kishi jarohat oldi
Eronning Shiroz shahrida yuz bergan kuchli portlashda jabrlanganlar soni 39 nafarga yetdi, deb ma'lum qildi Fors viloyati tez yordam xizmati boshlig‘i Muhammadrizo Ali Manesh.
Portlash Shirozdagi savdo markazlaridan birida yuz bergan. Portlashdan keyin bu yerda yong‘in chiqqan. Zarba to‘lqinidan yon-atrofdagi do‘konlarning derazalari chiqib ketgan.
"Jarohatlanganlar soni 39 nafargacha yetdi, ulardan 15 nafari shifoxonaga olib ketilgan. Barcha jarohatlanganlarning ahvoli barqaror. Portlash sababi hozircha noma'lum", deb ma'lum qilgan Ali Manesh.
Hukumatning ta'kidlashicha, gap terakt haqida emas, gaz portlashi haqida ketayapti.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026