Yonğoqlar hajmi kiçik bölişiga qaramay, foydali moddalarga boydir. Ularda vitaminlar, minerallar, şuningdek "zararli" xolesterin darajasini pasaytirişga imkon beruvçi monotöyintirilgan va politöyintirilgan yoğlar mavjud. Köplab klinik sinovlar davomida yonğoqlarning taomlarga qöşilişi organizmga ijobiy ta’sir qilişi, moddalar almaşinuvini normallaştirişi va immunitetni oşirişi isbotlangan. Bunga ularning ança kaloriyali mahsulot ekanini qöşsak, yengil tamaddi qiliş uçun mukammal yegulikka ega bölamiz.

Şunday bölsa-da, ularni ertadan keçgaça yeyiş maqsadga muvofiq emas. Yonğoqning har bir turi faqatgina me’yorida iste’mol qilinganda, öziga xos ozuqaviy va şifobaxş xususiyatlarga ega böladi. Don't Panic yonğoqlarning foydali xususiyatlariga oid maqolasi bilan bölişdi.

Yonğoq (oddiy)

Bu yonğoq B2, B12, A, D C, E, K vitaminlari va köplab boşqa moddalarga boy. Bunday yonğoqlarda ayniqsa alfa-linol kislotasi köp böladi. Şu bois yurak ritmini normallaştirişda yonğoqlarning şu turi iste’mol qilinadi. Sezilarli natijalarga erişiş uçun mutaxassislar kuniga 8 tagaça yonğoq iste’molini tavsiya qilişadi.

 

Xandon pista

Yonğoq kuçli allergiya qözğatuvçi mahsulot hisoblanadi, şuning uçun uni iste’mol qilişda me’yorga rioya qiliş lozim. "Dori" sifatida iste’mol qilinganda kuniga 30 gramm kifoya qiladi. Xandon pistalar B6, Ye vitaminlariga boy, şuningdek ularda yetarliça mis, marganets, fosfor va muhim mikroelementlar mavjud. Xandon pista qon tarkibi va jigar faoliyatini yaxşilaydi hamda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanişini oldini oladi. Ularni har kuni iste’mol qiliş öpka va boşqa organlar saratoni xavfini kamaytirişga yordam beradi.

 

Yeryonğoq

Texnik jihatdan yeryonğoq dukkakli ösimliklar turkumiga kiradi. Yeryonğoq asab tizimining normal faoliyati, DNK va RNK sintezi, miyaning töğri işlaşi uçun zarur bölgan  filat - B9 vitaminiga boy. Yeryonğoqni me’yorida iste’mol qiliş miya faoliyatini rağbatlantiradi, keksayganda esa miyani aqliy faoliyat zaiflaşuvidan himoyalaydi.