Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviyada NATO mashg‘ulotlari boshlanmoqda
Latviyada 3 iyun kuni NATOning Saber Strike nomli xalqaro mashg‘ulotlari boshlanmoqda. Mashg‘ulotlar 15 iyungacha davom etadi va unda 8 ta davlatdan 2 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etadi.
AQShning Yevropadagi kuchlari qo‘mondonligi ostidagi quruqlikdagi va havodagi ushbu qo‘shma mashg‘ulotlar har yili o‘tkaziladi. Joriy yilda unda Latviya, Litva, Italiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Slovakiya va AQSh harbiylari ishtirok etadi.
Latviya mudofaa vazirligining ta'kidlashicha, mashg‘ulotlardan maqsad mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni takomillashtirish, NATOga a'zo davlatlar qurolli kuchlari o‘rtasida hamkorlikni yaxshilash va hamkorlarning samaradorligini mustahkamlashdan iborat.
NATO Boltiq davlatlari hududida muntazam ravishda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazib keladi. Alyansning saytida chop etilgan rejasiga ko‘ra, 2017 yilda Boltiq davlatlarida kamida 16 ta milliy va xalqaro mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi.
NATOning Latviyadagi oxirgi mashg‘ulotlari joriy yilning 17-30 aprel kunlari bo‘lib o‘tgandi. Summer Shield XIV nomli bu mashg‘ulotlarda Latviya, AQSh, Bolgariya, Estoniya, Kanada, Litva, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Ruminiya, Slovakiya, Germaniya va Shvetsiyadan 1,2 mingdan ko‘proq harbiy ishtirok etgandi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026