Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev O‘zbekistondagi yo‘llar qanday bo‘lishi kerakligini aytdi
Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda Prezident yo‘llarimizning istiqboldagi ko‘rinishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Yo‘llarni iqtisodiyot qon tomiriga o‘xshatishadi. Bu bejiz emas. Keng va ravon, harakat va yuk tashish uchun qulay bo‘lgan yo‘llar iqtisodiyot rivojida muhim o‘rin tutadi.
Prezident Andijonda namuna sifatida keng, zamon talablariga mos yo‘llarning qanday bo‘lishi kerakligiga to‘xtaldi.
“Davlat byudjyetidan Andijon namunasi sifatida ikki chetiga daraxtlar ekilgan yo‘llar barpo etish uchun kerakli mablag‘lar yo‘naltiriladi. Yo‘llar shunday bo‘lsinki, yo‘lovchi charchamasin, manzaradan bahri-dili ochilsin. Men Andijonda mana shunday yo‘llarni ko‘rdim va ushbu tajribani butun mamlakat bo‘ylab joriy etish kerak, deb hisoblayman. Aholidan virtual qabulxonaga tushayotgan ko‘plab murojaatlar yo‘llarimizning holati haqidadir. Mana shuning o‘zi ham bugungi kunda yo‘l nazorati tizimini tashkil qilish davr talabi ekanini ko‘rsatmoqda”, - degan Mirziyoyev.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026