Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon: AQSh Osiyoda o‘z harbiy bazalarini saqlab qoladi
Amerika Qo‘shma Shtatlari mintaqada barqarorlikni saqlab qolish uchun Osiyodagi harbiy bazalarini saqlab qoladi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan "Shangri-La muloqot" xalqaro anjumanida shunday bayonot berdi. TASS agentligi uning ma'ruzasidan iqtiboslar keltirmoqda.
"Biz OTMda harbiylarimizni saqlab qolamiz, bundan tashqari, mintaqada barqarorlikni saqlash uchun diplomatik choralar ko‘rishni davom ettiramiz", - degan Pentagon rahbari.
"Biz bu mintaqa, shu jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Indoneziya va Avstraliyaga ustuvor ahamiyat beramiz", - deb ta'kidlagan Mettis.
Pentagon rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar, shuningdek, Janubiy Xitoy dengizi osmonida parvozlarni davom ettirish va patrullik qilishni davom ettiradi. "Biz mintaqada navigatsiya va parvozlar erkinligini yoqlaymiz", - degan vazir.
Qo‘shma Shtatlar Xitoyning Janubiy Xitoy dengizidagi sun'iy orollarni harbiylashtirishiga rozi bo‘la olmaydi, degan Jyeyms Mettis. "Biz kvo-maqomi (status quo – ma'lum davr mobaynida shakllangan holat)ni bir tomonlama, majburiy o‘zgartirilishini qabul qila olmaymiz", - degan AQSh vaziri. Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSh "orollarda qurol-yarog‘lar joylashtirilishiga qarshidir".
Shu bilan birga, Mettisning qayd etishicha, Vashingtonning "Pekin bilan umumiy manfaatlari juda ko‘p, xususan, terrorizmga qarshi kurash, Koreya yarim orolidagi vaziyat shular jumlasidan".
Mettis, shuningdek, AQSh "yagona Xitoy" siyosatidan voz kechmagani va bu qarash o‘zgarmasligini bildirdi. "Biz bu siyosatga sodiqmiz, uni rad etmaymiz", - degan Pentagon rahbari. Shu bilan bir vaqtda AQSh "Pekin va Taybey o‘rtasidagi muammo tinch yo‘l bilan hal etilishiga ishonadi", - deb qo‘shimcha qilgan Mettis.
Mavzuga oid
12:03
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
20:05 / 15.07.2026