Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident kasb-hunar kollejlarida o‘qish muddati 1, 2 yilga qisqartirilishi haqida tushuncha berdi
Kecha Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda davlat rahbari O‘zbekistonda olib borilayotgan yoshlar siyosatiga doir masalalarga to‘xtalib o‘tdi, deb xabar beradi Kun.uz muxbiri.
Prezident yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalash jamiyatning asosiy vazifalaridan biri ekanligini ta'kidlab, Oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta'limida mavjud dolzarb muammolarni hal qilish yo‘llari haqida gapirgan.
Xususan, Shavkat Mirziyoyev shunday degan:
“Kasb-hunar ta'limida o‘qish muddatini o‘quvchi egallashi ko‘zda tutilgan sohaga qarab qisqartirish lozim. Masalan, oshpazlik, sartaroshlik kabi kasblarni egallash uchun 3 yil o‘qish ko‘plik qiladi. Ushbu yo‘nalishlarda bir, ikki yil ta'lim olish davomida ham yetuk mutaxassis bo‘lish mumkin”.
Davlat rahbari ushbu masala bo‘yicha yig‘ilishda ishtirok etayotgan kasb-hunar ta'limi sohasi mutasaddilari va pedagoglar fikrini tingladi.
Ta'limning ushbu bosqichi uchun malakali o‘qituvchilarni tayyorlashga katta e'tibor qaratish lozimligiga to‘xtaldi. Kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlanishiga har bir mutasaddi ma'sul ekanligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026