Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya 5 iyunda NATOning rasmiy a'zosiga aylanadi
Chernogoriya bugun, 5 iyunda Vashingtondagi rasmiy marosim vaqtida NATO safiga rasman qabul qilinadi va mamlakat ichida o‘tgan norozilik namoyishlarga qaramasdan, NATOga a'zo davlatlar o‘rtasida eng kam harbiy byudjyetga ega uning kuchsiz a'zolaridan biriga aylanadi.
NATO kelishuviga ko‘ra, davlatning tashkilotga qo‘shilishi kelishuvga qo‘shilish haqidagi hujjatni AQShga saqlash uchun topshirish bilan kechadi. Shu munosabat bilan Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovich bu hujjatni Vashingtonda AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennonga NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ko‘z o‘ngida topshiradi.
7 iyun kuni esa Chernogoriya bayrog‘i NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohi, NATOning Yevropadagi birlashgan qurolli kuchlari oliy qo‘mondonligining Belgiyaning Mons shahridagi va NATOning transformatsiya bo‘yicha strategik qo‘mondonligining AQShning Norfolkdagi qarorgohlarida ko‘tariladi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026