Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Birinchiligi uchrashuvida hakam 1 daqiqada 8ta qizil kartochka ko‘rsatdi
O‘zbekiston birinchi ligasining 13-turidan o‘rin olgan «Surxon» va «Andijon» jamoalari uchrashuvida hakam bir vaqtning o‘zida bir yo‘la sakkiz nafar futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatgan.
PFL rasmiy sayti bergan bayonnomada qayd qilinishicha, bosh hakam Igor Xudoydotov uchrashuvning 90+4-daqiqasida ikki jamoaning ham 4 nafardan futbolchisini chetlatgan.
Futbolchilarning ommaviy chetlatilishiga nima sabab bo‘lgani haqida hozircha rasmiy ma'lumotlar berilmagan. Katta ehtimol bilan o‘yinda ommaviy janjal kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston Birinchiligi
13-tur
«Surxon» – «Andijon» - 2:2. 1069 tomoshabin.
Bosh hakam: Igor Xudoydotov (Toshkent shahridan, o‘yin uchun olgan bahosi 8,0)
Gollar: S. Shomurodov (15), N. Norov (75, penalti) – A. Berdiyev (28), A. Abduvohidov (90).
Ogohlantirishlar: N. Normurodov (2), Sh. Abduraimov (66) – A. Xo‘jayev (31), I. Otaxonov (53), D. Maqsudov (75), A. Abduvohidov (90).
Chetlatishlar: T. Mamadaliyev (90+4), N. Normurodov (90+4), S. Shomurodov (90+4), A. Abdurahmonov (90+4) – I. Otaxonov (90+4), A. Xo‘jayev (90+4), S. Asqaraliyev (90+4), F, Bekmuratov (90+4).
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026