Sport | 10:15 / 06.06.2017
24787
1 daqiqa o‘qiladi

Shota Arveladze «Paxtakor» bosh murabbiy etib tayinlandi

O‘tgan mavsumda Turkiyada faoliyat olib borgan gruziyalik murabbiy Shota Arveladze Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Tribuna.Uz Turkiya matbuotiga tayanib xabar tarqatdi.

Xabar qilinishicha, Shota Arveladze toshkentliklar bilan ikki yillik shartnoma imzolagan. Shartnomaning boshqa shartlari ma'lum qilinmagan.

Ma'lumot uchun Shota Arveladze murabbiy sifatida Turkiyada «Qaysarispor», «Qosimposhsho» va «Trabzonspor» jamoalarini, Isroilda esa «Makkabi» Tel-Aviv jamoasini boshqargan.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid