Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikaning birdaniga uchta harbiy samolyoti Rossiya chegaralariga qarab uchdi
AQSh HHKning birdaniga uchta harbiy samolyoti chorshanba kuni ertalab Buyuk Britaniyadagi bazadan Boltiq dengizi janubidagi Rossiya chegaralariga qarab uchib ketdi. Bundan harbiy aviatsiya harakatlanishini kuzatib turuvchi g‘arb saytlari ma'lumoti darak bermoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Kaliningrad viloyati bilan chegaraga yadro qurolini o‘zida olib ketish imkoniyatiga ega V-52 strategik bombardimonchi samolyoti va ikkita RC-135 strategik josuslik samolyoti parvoz qilgan.
6 iyun kuni Rossiyaning Su-27 qiruvchisi Amerikaning V-52 strategik bombardimonchisini tutish uchun havoga ko‘tarilgandi. AQSh samolyoti Boltiq dengizining neytral suvlari ustida, Rossiya bilan chegara bo‘ylab parvoz qilgan.
Dushanba, 5 iyun kuni esa Boltiq dengizi mamlakatlari va Polshada AQShning Saber Strike har yilgi mashqlari boshlandi.
Mavzuga oid
12:48
AQSh mustaqilligining 250 yilligini dabdaba va mushakbozlik bilan nishonladi (fotoreportaj)
09:59
Putin Ukraina hujumlarining muvaffaqiyatini pasaytirib ko‘rsatdimi?
05:49
Putin Trampni mustaqillik bilan tabriklab, Rossiyaga taklif etdi
19:55 / 04.07.2026