Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron parlamentiga hujum qilganlardan biri ko‘chaga chiqib o‘t ocha boshladi
Eron parlamentiga hujum qilganlardan biri binoni tark etgan va ko‘chada o‘t ochishni boshlagan. Bu haqda Tasnim agentligi xabar tarqatdi.
«Eron parlamentiga bostirib kirgan terrorchilardan biri binoni tark etib, ko‘chada tartibsiz o‘t ochishni boshladi», deyilgan xabarda.
Bundan avvalroq berilgan xabarlarda 3 nafar terrorchi parlament binosiga bostirib kirib, qo‘riqchini o‘ldirgani, kamida 8 kishini jarohatlagani, ular orasida deputat ham borligi haqida aytilgandi. Hujum qilganlar bino ichida odamlarni garovga olgan bo‘lishi mumkin.
Fars xabariga ko‘ra, parlament binosiga bostirib kirganlardan birining tanasiga portlovchi qurilmalar o‘rnatilgan, u ayni vaqtda qurshovda qolgan.
Voqea joyiga maxsus xizmat vakillari yetib kelishgan.
Security forces rushing towards #NationalParliament in #Tehran #Iran after attack. pic.twitter.com/SgxrwEKznI
— ZeroPointNow (@ZeroPointNow) June 7, 2017
Mavzuga oid
12:40 / 24.05.2026
Oq uy atrofida otishma chiqdi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
08:47 / 19.05.2026
San-Diyegodagi masjidda otishma: besh kishi halok bo‘ldi
09:26 / 05.05.2026