Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy "qotil-kema" yaratish ustida ish olib bormoqda
Xitoyning harbiy-dengiz kuchlari raketa uchirishga mo‘ljallangan bir necha yuz qurilmani olib yura oladigan kemani yaratish ustida ish olib bormoqda. Amerikalik mutaxassislarning fikricha, qurol-yarog‘ kema deb ataluvchi bu kema AQSh 1990-yillarda yaratmoqchi bo‘lgan kemaga o‘xshash bo‘ladi. Ma'lum qilinishicha, bu kema katta o‘lchamdagi suv osti yoki suv usti kemasi shaklida bo‘ladi.
Bu ishlanma Xitoyga ko‘p miqdorda qimmatbaho aviatashuvchi kemalar, esminetslar va kreyserlar yaratishga katta miqdorda mablag‘ sarflamasdan o‘z o‘t ochish qudratini tez oshirishga imkon beradi.
Shu sabab bir necha o‘n oldin AQSh shunday kemani yaratishga kirishgandi. Ulkan kemalarning ekipaji minimal sonda bo‘lishi kerak. Kemada 500 tagacha vertikal holatda otuvchi raketa qurilmalari bo‘lishi va ulardan har biri qanotli raketa, havo hujumiga qarshi mudofaa raketasi yoki ballistik raketalarni urib tushiruvchi raketa bilan jihozlanishi mumkin. Bunday kemadan otilgan yuzlab raketalarning barbod qiluvchi samarasini aviatashuvchi kema bergan zarbaga qiyoslash mumkin.
Taxmin qilinishicha, bunday ilk kema 2020 yildayoq paydo bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
20:27 / 09.06.2026