Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda davlat byudjyetiga 22 mln so‘m zarar yetkazgan bosh shifokor o‘rinbosari fosh etildi

Foto: Depositphotos
Qashqadaryo viloyat davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazida 2001 yildan 2015 yilgacha bosh shifokor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Alisher Sheraliyev pul ishlashning antiqa yo‘lini o‘ylab topdi. 2014 yil 27 dekabr kuni markazda tizim xodimlariga malaka toifa darajasini berish bo‘yicha attestatsiya komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. A.Sheraliyev unda kotib sifatida ishtirok etdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Yig‘ilish natijalari, ya'ni tizim xodimlariga “oliy”, “birinchi”, “ikkinchi” toifalarni berish haqida markaz bosh shifokorining 2 ta buyrug‘i qabul qilindi. Birinchi buyruqqa bosh shifokor A.Bo‘riyevning imzosi qo‘yilib, muhrlandi. Unga asosan tuman va shahar DSENM xodimlarining 51 nafariga toifa darajalari berildi.
Bosh shifokor o‘rinbosari Alisher Sheraliyev buyruqdagi xodimlar ro‘yxatini sinchiklab qarab chiqdi. Nimadandir ko‘ngli to‘lmadi, shekilli, markazning xodimlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i A.Korsunga shu kunning o‘zidayoq ikkinchi buyruqni tayyorlashga topshiriq berdi. A.Korsunga imzolatilib, markazning aylani muhri hamda bosh shifokor imzosi o‘rniga “Asliga to‘g‘ri” deb yozilib, to‘rtburchak shaklidagi muhr bosilgan va ro‘yxatga olish “unutilgan” bu soxta hujjatni o‘qigach, A.Sheraliyevning yuzi yorishdi. Boisi unda o‘rinbosarning “himmat”i bilan asl buyruqdagidan farqli o‘laroq 57 nafar xodimga (attestatsiyadan o‘ta olmagan ayrim xodimlarni ham “o‘tkazib”) toifa berilgan edi. A.Sheraliyev shu soxta buyruq asosida toifa guvohnomalarini tuman va shahar DSENM xodimlariga tarqatib yubordi.
Natijada xodimlarga oylik ish haqi ortiqcha to‘lanib, A.Sheraliyevning jinoyati oqibatida davlat byudjyetining 22 mln. 160 ming so‘m mablag‘i talon-toroj qilindi. Ammo soxta buyruqning misi chiqdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Alisher Sheraliyevning mazkur qilmishi tahlil etilib, buyruqlar solishtirilganida “Asliga to‘g‘ri” deb muhrlangan ikkinchi soxta buyruq A.Sheraliyevning “nafsiga to‘g‘ri” bo‘lib chiqdi. Oq libosiga qora dog‘ tushirgan shifokor o‘z aybini tan olishdan boshqa imkon topa olmadi.
Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan Alisher Sheraliyevga tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 1 yil-u 6 oy moddiy javobgarlik va mansabdorlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda oylik ish haqidan 20 foiz ushlab qolish sharti bilan 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi. Byudjyetga yetkazilgan zarar ham undan undirildi.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aliyev: «Qorabog‘ni tiklashda ilk sovg‘ani O‘zbekiston bergan»
Jahon | 00:57
-
Dang‘arada Tojikiston bilan birgalikda 10 million dollarlik sim zavodi qurilmoqda
Iqtisodiyot | 21:25 / 20.07.2025
-
Ukraina Rossiyaga muzokaralarning yangi raundini o‘tkazishni taklif qildi
Jahon | 20:47 / 20.07.2025
-
Ilhom Aliyev Ukrainani hech qanaqasiga «okkupatsiyaga rozi bo‘lmaslik»ka chaqirdi
Jahon | 20:19 / 20.07.2025
Mavzuga oid

15:59 / 16.07.2025
Qashqadaryodagi gaz zapravkasida katta yong‘in chiqdi

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

16:57 / 10.07.2025
Toshkentda yigit ginekolog shifokor nomiga soxta profil ochib, ayollarga pulli maslahat berib kelgani aniqlandi

14:31 / 04.07.2025