Bu masala Özbekistonning Saudiya Arabistonidagi elçixonasi diplomatlari hamda uşbu mamlakat Soğliqni saqlaş vazirligi Kadrlar boşqarmasi boşliği, şuningdek, Vigour Locomotion Medical Center tibbiy reabilitatsiya markazi boşqaruv direktori Vadha bint Saad al-Hajriy örtasida bölib ötgan uçraşuvda muhokama qilindi.

Suhbat davomida soğliqni saqlaş sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş, özbekistonlik şifokor va hamşiralarni Saudiya Arabistonining xususiy tibbiyot muassasalariga işga jalb qiliş hamda investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş masalalari körib çiqildi.

Saudiya tomoni ma’lumotiga köra, mamlakatdagi xususiy kasalxona va tibbiyot markazlari uçun qariyb 4,5 ming nafar xorijiy şifokor va hamşiraga ehtiyoj mavjud. Şu munosabat bilan birinçi bosqiçda 100 nafar özbekistonlik tibbiyot mutaxassisini işga qabul qiliş taklifi bildirilgan.

Taklif etilayotgan mehnat şartlariga muvofiq, iş beruvçi xodimlarning rasmiy yaşaş va işlaş ruxsatnomasi (iqoma), turar joy, içki transport xarajatlari, tibbiy suğurta hamda yillik aviaçipta xarajatlarini töliq qoplab beradi.

Iş haqi yoş şifokorlar uçun 4 500–5 600 saudiya riali (taxminan 1 200–1 500 AQŞ dollari), tajribali mutaxassislar uçun 5 600–9 300 saudiya riali (1 500–2 500 dollar), hamşiralar uçun esa 3 000–3 750 saudiya riali (800–1 000 dollar) miqdorida belgilangan.

Ehtiyoj asosan oilaviy şifokorlar, akuşer-ginekologlar, fizioterapevtlar, dermatologlar, bolalar psixologlari va yuz-jağ jarrohlari kabi mutaxassisliklar böyiça mavjud.

Uçraşuvda Saudiya tomoni özbekistonlik tibbiyot xodimlarining kasbiy mahorati va mehnat intizomini yuqori baholab, ingliz tilini yaxşi biladigan hamda kasbiy etika talablariga amal qiladigan mutaxassislarga talab katta ekanini ta’kidladi.

Şuningdek, muzokaralar çoğida Ar-Riyod provinsiyasida zamonaviy köp tarmoqli soğlomlaştiriş markazini quriş loyihasi ham taqdim etildi. Loyiha amalga oşirilsa, unga Özbekistondan quruvçilar, muhandislar, elektriklar, santexniklar, duradgorlar, haydovçilar va boşqa mutaxassislarni jalb qiliş, keyinçalik esa yangi iş örinlarini yaratiş rejalaştirilmoqda.

Ma’lum qilinişiça, Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş vaziri boşçiligidagi delegatsiya iyul oyi oxirida Özbekistonga taşrif buyurib, sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş yuzasidan qator uçraşuvlar ötkazişi kutilmoqda.