NATO bosh qarorgohida Chernogoriyaning bayrog‘i tantanali ravishda ko‘tarildi
NATOning Bryusseldagi bosh qarorgohida Chernogoriyaning tashkilotga qabul qilinishi ishorasi sifatida uning bayrog‘i ko‘tarildi.
5 iyunda tashkilotga rasman qabul qilingan Chernogoriya bayrog‘ining ko‘tarilishi marosimida NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg va Chernogoriya prezidenti Filip Vuyanovich ishtirok etdilar.
Stoltenberg 5 iyunda Vashingtonda AQSh davlat departamentida Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi hujjatlarni saqlashga qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tganini eslatib o‘tdi.
"Chernogoriya NATOga teng huquqli a'zo sifatida kirmoqda, u qolganlar bilan teng o‘rin va NATOning kelajagini shakllantirishda teng ovoz olmoqda", deb ta'kidlab o‘tdi NATO bosh kotibi.
Uning aytishicha, NATO "uning qadriyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi va xavfsizligiga hissa qo‘sha oladigan" barcha davlat uchun ochiqdir.
"Chernogoriyaning qabul qilinishi NATOga intilayotgan barcha davlatlar uchun ishoradir", deb aytdi Stoltenberg va Chernogoriyaning NATOga qabul qilinishini tarixiy voqea deb atadi.
NATO harbiylari Chernogoriya madhiyasini ijro etayotgan harbiy orkestr sadolari ostida tashkilotning yangi a'zosi bayrog‘ini unga a'zo qolgan 28 ta davlat bayroqlari yonidagi ustunga ko‘tarishdi.
So‘ngra marosim ishtirokchilariga Filip Vuyanovich yuzlanib, ko‘tarilgan bayroqni "Chernogoriyaning xavfsiz va farovon kelajagi ramzi" deb atadi. "NATO ishonish mumkin bo‘lgan ittifoqdoshdir", deb aytgan Chernogoriya prezidenti.
Marosim NATO madhiyasi ijrosi bilan yakunlangan.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024