Chilonzorda talonchilik sodir etgan shaxs ushlandi
2017 yilning 5 iyun kuni taxminan soat 22:00 larda, Sherzod Shukrulla o‘g‘li Fayzullayev, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish maqsadida, Chilonzor tumani hududida fuqaro Akmal Hamidovga (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) qo‘ng‘iroq qilib olishni vaj qilgan holda, unga tegishli bo‘lgan bahosi 200.000 so‘mlik «Nokia 222» rusumli uyali aloqa vositasini qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan. U tungi xizmatni olib borayotgan Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 1-qismi (o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
08:50 / 15.11.2024
Kursk oblasti sobiq rahbari RF harbiylari talonchilik qilganini tan oldi
12:41 / 10.11.2024
Toshkentda litsey o‘qituvchisi o‘quvchini do‘pposladi
15:30 / 22.10.2024
Toshkentda Lacetti ikki piyodani urib yubordi
21:29 / 27.09.2024