Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yuqorichirchiq tumanida 30dan ortiq kishini aldagan firibgar ushlandi
Toshkent viloyatida fuqarolarning ishonchiga kirib, firibgarlik yo‘li bilan mol-mulklarini qo‘lga kiritish jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. 2016 yil may oyida Samarqand viloyati Ishtixon tumanida yashovchi 1985 yilda tug‘ilgan Xolbekov Bunyod Abdijamolovich o‘zgalar mol mulkini aldash va ishonchiga kirib suiistemol qilish yo‘li bilan egallash maqsadida Yuqorichirchiq tumanida 11 kishining 75 mln so‘mdan ortiq 13 bosh qoramolini sotib pulini berish sharti bilan olib ketgan.
Umuman, u tumandagi 30dan ortiq fuqaroning qoramolini sotib, pullarini bir oy ichida qaytarishni va'da qilib, qora mollarni sotgan va pullarni o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan. Shu bilan Xolbekov Bunyod firibgarlik jinoyatini sodir etgan, deya ma'lum qildi Toshkent IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Umid Kenjayev.
Hozirgi kunda Xolbekov Bunyod Abdijamolovichga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan ayb e'lon qilinib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:30 / 22.01.2026
O‘zbekistonda onlayn firibgarlikka qarshi qanday kurashiladi?
09:10 / 22.01.2026
Onlayn firibgarlikka qarshi yangi talablar: bank kartalarida 24/7 aloqa raqami bo‘ladi
12:14 / 21.01.2026
Mobil ilovalarda P2P o‘tkazmalar uchun yangi qoidalar joriy etildi
12:00 / 21.01.2026