Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Qozog‘istondan muntazam avtobus reyslari qachon yo‘lga qo‘yilishi ma'lum qilindi
Qozog‘iston 2017 yilning kuzida O‘zbekistonga muntazam avtobus reyslari qatnovini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qozog‘iston sarmoyalar va rivojlanish bo‘yicha vaziri Jyenis Qosimbek ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Today.kz.
"Bizda uzoq vaqt davomida muntazam avtobus qatnovi yo‘q edi. O‘zbekiston chegarasigacha borgan yo‘lovchilar chegaradan piyoda o‘tib, qo‘shni davlat hududida muntazam reyslarga o‘tirishardi. Bugun biz ham temir yo‘l, ham avtomobil reyslarini ochdik. Kuzda muntazam avtobus reyslarini ochishni mo‘ljallaganmiz", - dedi u.
Vazirning ta'kidlashicha, buning uchun “butun infratuzilmani joriy yilda tegishli darajaga keltirish” lozim.
Eslatib o‘tamiz, ushbu vazir deputatlarga Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidan soddalashtirilgan tartibda o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini taqdim etdi. Qosimbekning taxminicha, yaqin yillarda ikki davlat o‘rtasidagi mahsulot aylanmasi miqdori besh milliard dollarga yetishi mumkin.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
22:38 / 23.05.2026
Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi
17:13 / 29.04.2026