Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eronda teraktlardan keyin 41 kishi hibsga olindi
Eronda 7 iyunda sodir etilgan ikkita teraktdan keyin IShID bilan aloqadorlikda gumon qilingan 41 kishi hibsga olindi. Bu haqda "Mehr" axborot agentligi xabar bermoqda.
Teraktlar Tehrondagi parlament binosi va imom Homeyniy maqbarasi yonida sodir etilgan. Teraktlar oqibatida 16 kishi halok bo‘lgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgandi.
Ta'kidlanishicha, teraktlardan keyin Eron xavfsizlik kuchlari butun mamlakat bo‘ylab reydlar o‘tkaza boshlashgan.
Reydlar oqibatida Karmonshoh, Kurdiston va G‘arbiy Ozarboyjon viloyatlarida 41 kishi hibsga olingan.
Ulardan hujjatlar va qurol-aslahalar, jumladan xudkush kamarlari hamda qurol-aslaha ortilgan avtomobil tortib olingan.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026