Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoradori-2017: Sergelida 611 gr marixuana saqlagan shaxs aniqlandi
2017 yilning 5 iyun kuni taxminan soat 16:00 larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori 2017” tadbiri davomida, Sergeli tumani hududida fuqaro Vasiliy Grigorevich Boltiyev yonida og‘irligi 611,06 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda qo‘p miqdorda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.