15:00 / 09.06.2017
29421

Putin: «IShID Markaziy Osiyodagi vaziyatni izdan chiqarish rejasini tuzmoqda»

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta'kidlashicha, IShID xalqaro terrorchilik tashkiloti Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadagi vaziyatga aralashmoqchi bo‘lmoqda. Bu haqda Putin Qozog‘istonda davom etayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining davlat rahbarlari yig‘ilishi davomida aytib o‘tdi.

«ShHT davlatlari hududida IShID terrochilik tashkilotining yacheykalari mavjud va ular ko‘payishda davom etmoqda. Bu bizda, Peterburgda sodir etilgan teraktda ham ko‘rindi. Bizga ma'lum bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra, IShID Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya janubidagi vaziyatni izdan chiqarish borasida reja tuzmoqda»,- deydi Putin.

Bundan avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning AQShga tashrifi vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya tomonga maxsus ma'lumotlar jamlangan papkani taqdim etgan edi. AQSh matbuoti u yerda razvedka organlari tomonidan tuzilgan IShID to‘g‘risidagi ma'lumotlar bo‘lgani haqida yozgandi.

Top