RF prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan tinçlik muzokaralari böyiça takliflarni rad etmoqda va katta ehtimol bilan eskalatsiya yölini tutadi. Bu haqda Reuters Kremlga yaqin bölgan uçta manbaga tayanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga köra, Ukrainaning Rossiya neftni qayta işlaş zavodlari böylab zarbalari kuçayişi Putinning harbiy harakatlarni davom ettirişga bölgan qat’iyatini yanada mustahkamlagan. RF prezidenti bilan tez-tez uçraşib turadigan manba yaqin oylarda eskalatsiya yuzaga kelişi «ehtimoli yuqori»ligini aytgan. U bu qanday körinişda bölişiga aniqlik kiritmadi.

Manbalardan biri Rossiya prezidenti Donetsk oblastining qolgan qismini bosib oliş masalasida «murosasiz pozitsiyani egallagani»ni, yaqinda frontning hozirgi çiziğida öt oçişni töxtatiş asosida murosa yölini izlaşni taklif etgan maslahatçilar guruhini tanqid qilgan. Reuters naşrining boşqa suhbatdoşi qayd etişiça, rossiyalik harbiylar tez orada Donbassni egallab olişiga Putinning «işonçi komil».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Reuters söroviga javoban şunday degan: «Rossiya mojaroni tinç yöl bilan hal qilişga tayyor, ammo mustaqil harakat qiliş va maxsus harbiy amaliyotni davom ettiriş uçun yetarli salohiyatga ega».

Yaqinda Putin oçiqçasiga Ukrainaning Rossiya neftni qayta işlaş zavodlariga bergan zarbalari tufayli mamlakatda benzin taqçilligi (bu mamlakat fuqarolarining uçdan bir qismiga bevosita ta’sir körsatdi) uning uruş olib boriş rejalariga ta’sir qilmasligi haqida gapirgandi. Rossiya prezidenti Kiyev «har ikki tomon içkari hududlarga zarba berişni töxtatiş» böyiça taklif bergani, ammo bu taklifni rad etganini aytgan. «Axir Rossiyaning uzoq masofali zarbalari ança kuçli, sezgir va töğrisini aytganda, vayronkor», – degan u.

8 iyul kuni Putin Ukraina öz hujumlari bilan «jamiyatda asabiy vaziyat» yaratişga urinayotganini aytdi va bunga erişa olmasligiga işonç bildirdi: «Rossiya energiya tizimining mustahkamlik zaxirasi juda yuqori – dunyodagi eng yuqorilaridan biri».