Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘rtoqlik uchrashuvi. Rossiya Chili bilan durang o‘ynadi
Konfederatsiyalar kubogiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Rossiya va Chili terma jamoalari musobaqa oldidan o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishdi.
Uchrashuvning 56-daqiqasida Aleksis Sanches maydonga tushgan zahoti bir harakat bilan Islani darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi va «Yuventus» sobiq futbolchisi hisobni ochdi. 67-daqiqada esa Vasin Dmitriy Kombarov tomonidan burchakdan yetkazib berilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi. Ushbu gol uchrashuvda so‘nggisi bo‘lib qoldi va jamoalar durang qayd etishdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
Rossiya – Chili 1:1 (0:0)
Gollar: Vasin (67) – Isla (56).
Rossiya: Akinfeyev, Kudryashov (Kambolov, 81), Vasin, Smolnikov (Yeroxin, 66), Kombarov (Jirkov, 73), Golovin, Samedov, Miranchuk (Poloz, 60), Glushakov, Shishkin, Smolov (Buxarov, 86).
Chili: Errera, Medel (Dias, 63), Bosejur, Xara, Rodriges, Arangis (Guterres, 74), Fuensalida (Sanches, 55), Ernandes (Silva, 77), Vargas (Sagal, 81), Vidal (Pinares, 81), Isla.
Ogohlantirishlar: Ernandes (34), Glushakov (50), Xara (65).