Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShning eng yirik texnologiya kompaniyalari aksiyalari bir kunda qariyb 100 mlrd dollarga arzonlashdi
AQShning beshta eng yirik texnologiya kompaniyalarining bozordagi qiymati Amerika fond bozorida 9 iyun kuni 97,5 mlrd. dollarga qisqardi. Bu haqda CNBC xabar berdi. Natijada Nasdaq savdolarni 1,8 foizlik kamayish bilan yakunladi, bu hafta indeks uchun yil boshidan beri eng yomoniga aylandi.
“Katta beshlikka” Facebook, Amazon, Apple, Microsoft va Alphabet kompaniyalari kiradi. Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, Apple aksiyalari 4 foizga arzonlashgan. Shu bilan birga, boshqa to‘rt kompaniya aksiyalari qariyb 3 foizga pasaydi.
Sarmoyadorlarga ta'sir ko‘rsatgan omillardan biri Goldman Sachs’ning texnologik sohaga bag‘ishlangan hisoboti bo‘ldi. Reuters’ning ta'kidlashicha, bank tahlilchilarining taxminiga ko‘ra, bozordagi o‘yinchilar FAAMG aksiyalariga sarmoya kiritish bilan bog‘liq xatarlarga yetarlicha baho bermayotgan bo‘lishlari mumkin.
Mavzuga oid
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02 / 07.02.2026