Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada jinoyatchilar hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning Gerrero shtatidagi San-Pedro-Kakauatepek shahrida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida 6 nafar odam, jumladan 4 oylik chaqaloq halok bo‘ldi. Yana 3 bola yaralangan.
Favqulodda vaziyatlarga javob berish markazida ma'lum qilinishicha, qurollangan jinoyatchilar guruhi bir oilaga hujum qilib, uning uyiga o‘t qo‘ygan.
Gerrero shtati Meksikaning eng xavfli hududlaridan hisoblanadi. Bu yerda AQShga giyohvand modda yetkazish ustidan nazoratni qo‘lga olish uchun jinoiy guruhlar o‘rtasida beayov janglar olib boriladi. Aynan shu shtatda 2014 yil sentabrda 43 talaba yo‘qolib qolgan. Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, ular politsiya tomondan o‘g‘irlab ketilib, jinoyatchilarga topshirilgan. Jinoyatchilar esa ularni o‘ldirishgan.
Mavzuga oid
23:45 / 12.06.2026
JCh boshlandi: Raul gol urdi, Eronni siqishmoqda
08:25 / 12.06.2026
JCh-26. Ochilish o‘yinida uchta qizil ko‘rsatildi
14:37 / 11.06.2026
Mundial tanishtiruvi. A guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
17:59 / 10.06.2026