Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Samarqanddagi arzon uy-joylar loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Payariq tumanida bo‘lib, aholi uchun ikki va uch qavatli arzon uy-joylar qurish loyihasi bilan ham tanishdi.Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Prezidentimiz Payariq tumanidagi "To‘polos" fermer xo‘jaligi dalasida bo‘ldi. Fermer va dehqonlar bilan suhbatlashdi, qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi bilan qiziqdi. Paxta va g‘alla maydonlarini ko‘zdan kechirdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat rahbarlari, mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026