Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Aleksandr Geynrix FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi. ÖFF matbuot xizmati uşbu intervyuni çop etdi.

Suhbat çoğida tajribali futbolçi faoliyatidagi qiyinçiliklar, saralaş bosqiçidagi bölajak töqnaşuvlar, JÇ–2018 turniriga çiqiş orzusi hamda Suriyaga qarşi öyindagi selfi haqida sözlab berdi.

FIFA muxbiri Aleksandr Geynrixning Suriya bilan öyinda olgan selfisiga oldindan tayyorgarlik körgan-körmagani haqidagi savolga quyidagiça javob berdi: «Suriya bilan öyindagi selfi öz-özidan kelib çiqdi. Jurnalist telefonini menga uzatdi va ajoyib ehtiroslar ostida selfiga tuşdik».

Özbekistonlik hujumçidan intervyu olgan muxbir Geynrixni bir neça kun oldin faoliyatini yakunlagan Françesko Tottining selfi bilan gol nişonlaşiga qiyosladi.

«Totti menga yoqadi, u haqiqiy afsona. Uning sönggi öyinini kördim va futbol bilan xayrlaşganini körib yiğladim. U singari gol nişonlaganimdan mamnunman», – deya javob berdi hujumçi.

Özbekistonlik hujumçi Rossiyada bölib ötadigan Jahon çempionatiga çiqiş istagi haqida qöyidagi fikrlarni bildirdi: «Rossiyadagi JÇga borişni juda ham xohlardim. JÇ qanday ekani haqida tuşunçaga egaman, çunki 2003 yili BAAdagi U-20 Jahon çempionatida iştirok etganman. Rossiyadagi JÇ–2018 turnirida qatnaşib, keyin faoliyatimni tugatişni istardim».  

Aleksandr Geynrix Özbekistondan taşqari faoliyati davomida Rossiya, BAA, Janubiy Koreya çempionatlarida töp surgan. Ayni vaqtda esa u Qozoğistonda öynamoqda. Futbolçi turli mamlakatlarda har xil futbol madaniyatiga duç kelgani va öziga yaraşa tajriba orttirganini ma'lum qildi.

«Rossiyaga birinçi borganimda juda yoş edim va u yerda futbol öynaş oson emasligini tuşundim. Maşhur liga, nomdor futbolçilar, katta pul. Asosiy tarkib a'zosi böliş oson bölmaganini tan oliş kerak. BAAda umuman boşqaça bölgan: özgaça texnika va noodatiy madaniyat. Rossiya va BAAdagi faoliyatim davomida özim uçun kerakli xulosalar çiqarib, tajriba töplaganman.

Janubiy Koreyada esa qiynalganman. Bu yerdagi hayot tarzi, mahalliy ovqatlar, şuningdek, maşğulotlarga könikiş oson keçmagan. Bir oy ötgaç K-Ligada menga muşkul bölişini tuşundim. Menimça, Koreyadagi kareram eng qiyini bölgan. Qozoğistonda ham ançadan buyon öynayman va bu yer menga ma'qul. Qozoğiston va Özbekiston bir-biriga yaqin bölgani uçun deyarli barça narsalar bir xil va aynan şu narsa menga qulaylik yaratmoqda», – dedi özbekistonlik xujumçi.