Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Besh oy davomida Andijon IIB tomonidan 290 dan ziyod qidiruvdagi shaxs ushlandi
Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvdagi shaxslarni ushlash borasidagi bir qator ko‘rsatma va rejalar ishlab chiqildi.
Andijon viloyati IIB matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan jinoyat sodir etib, dastlabki tergov va sud jarayonidan qochib, yashirinib yurganligi uchun qidiruv e'lon qilingan 1446 nafar shaxsdan 293 nafari ushlanishiga erishilgan. Qidiruvda yurib, ushlangan shaxslarning 224 nafari bir necha yillardan buyon qonuniy choralardan yashirinib yurgan shaxslarni tashkil etadi.
Shuningdek, 7 nafar shaxs MDH davlatlaridan Andijon viloyatiga ekstraditsiya qilingan. Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qidiruvda bo‘lgan 35 nafar shaxs ham hozirgi kunda MDH davlatlarida ushlangan bo‘lib, ularni ekstraditsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026