Jamiyat | 21:48 / 11.06.2017
10809
1 daqiqa o‘qiladi

Rafiqasi bilan janjallashib qolgan xitoylik jahl ustida avtofalokat keltirib chiqardi

Xitoyning Dunguan va Guanchjou shaharlari o‘rtasidagi yo‘lda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida kamida 8 kishi jarohat oldi. Jarohatlanganlarning barchasi shifoxonaga yetkazilgan. Bu haqda CGTN telekanali xabar bermoqda.

Yo‘l-transport hodisasiga esa rafiqasi bilan janjallashib qolgan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. U kimdan alamini olishni bilmay, jahl ustida avtobusni ag‘darishdan boshqa chora topa olmagan: erkak rulga yopishib, uni jon-jahdi bilan chetga burishi oqibatida avtobus ag‘darilib ketgan. 

Ushbu holat tasvirlangan video telekanalning YouTube-kanalida paydo bo‘lgan. Daily Mail nashrining ma'lum qilishicha, mahalliy transport departamenti rolikning haqiqiyligini tasdiqlagan. U yerda voqea 7 iyunda yuz bergani ma'lum qilingan. 

YTH sababchisi qo‘lga olingan. Ushbu voqeani tergov qilish bilan tergovchilar va yo‘l politsiyasi shug‘ullanmoqda.

Mavzuga oid