LG’ning WebOS 3.5 SMART TV platformasi xavfsizlikni baholash umumiy mezonlari bo‘yicha sertifikatlandi
Yangi Smart TV platformasi maxfiylikning kuchli himoyasini ta'minlash uchun xavfsizlik umumiy mezonlari bo‘yicha nufuzli xalqaro sertifikatsiyani qo‘lga kiritdi
LG’ning Smart TV funksiyasiga ega WebOS 3.5 platformasi ilovalar xavfsizligini ta'minlash uchun 1.0 Versiya dasturiy ta'minotini ishlab chiqqani orqali umumiy mezonlar bo‘yicha nufuzli Sertifikatsiyani qo‘lga kiritdi. LG butun dunyoda tan olingan xavfsizlik tizimining yana bir sertifikatsiyasini olib, Smart TV funksiyasiga ega tezevizorlari xavfsizlik nuqtai nazaridan eng ilg‘or televizorlar ekanini isbotlashda davom etmoqda. Tan olish iste'molchilar Internetga ulangan o‘z qurilmalarida maxfiylikning ehtimoliy buzilishidan xavfsirayotgan bir paytda ro‘y berdi.
Himoya menejyeri, WebOS 3.5 xavfsizlikning dasturiy moduli xavfsizlikni baholashning umumiy mezonlari bo‘yicha Sertifikatlashtirishda qo‘llaniluvchi qattiq o‘lchovlarga mos ravishda sinovdan o‘tkazildi. ISO IEC 15408 xalqaro standartlari hukumatlar, banklar va boshqa tashkilotlar tomonidan alohida mahsulotlar himoyasi imkoniyatlarini baholash uchun ishlatiladi. Ular orasida butun dunyo bo‘ylab 27 ishtirokchi davlatlar bor - Avstraliya, Fransiya, Yaponiya, Koreya va AQSh kabilar. * Sinovdan o‘tkazish davomida Smart TV himoyasining uch bosqichi tekshirildi: ilovalar o‘rnatish himoyasi, ilovalarni bajarish himoyasi va raqamli huquqlarni boshqarishni shifrlash orqali (DRM) ilova kontentining himoyasi.
LG WebOS 3.5 ilovalar o‘rnatishning ajoyib himoyasini ta'minlaydi va ruxsat etilmagan ilovalar o‘rnatishni to‘sib qo‘yadi, hamda raqamli imzoni tekshirishning qattiq jarayonini o‘tkazadi. LG App Store serveri raqamli imzoni yaratish jarayonini nazorat qiladi, bu WebOS 3.5 tomonidan faqatgina LG App Store do‘konidan yuklab olingan ilovalar o‘rnatilishini ta'minlaydi. Shuningdek, LG WebOS 3.5 platforma ilovasi (“asl ilovalar” deb ataluvchi) yoki veb-ilovalarning turiga qarab himoyasini ham ta'minlaydi. “Asl” ilovalar uchun WebOS 3.5 “qumdon” texnologiyasini amalga oshiradi, bu har bir ilovani ruxsat etilmagan tizimli kataloglar/fayllar, qurilmalar fayli va boshqa ma'lumotlarga kirishini to‘sib qo‘yish uchun himoya atributiga muvofiq qilinadi. LG WebOS 3.5 veb-ilovalarga faqatgina tasdiqlangan dasturlar interfeysidan (API) foydalanish imkonini beradi. Bunda ushbu veb-ilovalar fayl tizimidagi maxfiy ma'lumotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kira olmaydi. Bundan tashqari, yangi WebOS platformasi operativ xotirada bor bo‘lgan shifrlangan narsani deshifrlash va shifrlangan narsaning zaxira nusxasini flesh-xotirada yaratish uchun mo‘ljallangan DRM litsenziyasini qattiq tekshiruvdan o‘tkazish jarayonini taklif etadi.
“Biz WebOS 3.5 ilovalarning juda yaxshi himoyasi va maxfiylikning eng yuqori darajasini ta'minlashi uchun barcha ishni qildik”, - dedi LG Home Entertainment Company kompaniyasidagi tadqiqotlar va ishlanmalar bo‘limi rahbari va katta vitse-prezident J. X. Xvan (J. H. Hwang). “Mijozlarning mahsulotlar xavfsizligi bilan bog‘liq muammolar yuzasidan xavotirini inobatga olib, biz Smart TV platformamiz xavfsizligini kuchaytirdik. Umumiy mezonlar bo‘yicha Sertifikatsiyani olish, biz ma'lumot maxfiyligi va mijozlar ma'lumotini himoya qilish masalasida to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni tasdiqlaydi”.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
18:46 / 05.09.2023
Bolalar uchun mo‘ljallangan Kivi Kids TV televizori taqdim etildi
22:37 / 20.01.2023
Belarusda shaffof televizor yaratildi
09:23 / 15.11.2022