Vositachilikdagi urush: Eronda AQSh IShIDni qo‘llayotgani haqida dalillar bor
Eron armiyasi shtablari boshlig‘i Mustafo Izadiy Tehron «Islom davlati» terrorchilari AQSh tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlanayotgani borasida dalillarga ega ekanligi haqida aytib chiqqan. Eron hukumati Vashington tomonini bu tarzda birinchi bor ayblayotgani yo‘q. Ilgariroq Eron parlamentining spikeri Ali Larijoniy AQShni «katta IShID» deb atab, shunga o‘xshash bayonot bilan chiqish qilgandi.
Eron AQShning «Islom davlati» terrorchilarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlayotganligi borasidagi isbot dalillarga ega. Izadiyning fikricha, Tehronda buni quvvatlovchi hujjatlar va ma'lumotlar yetarli.
«Biz mintaqadagi islom davlatlarini vayron etgan va qonli to‘qnashuvlarga sabab bo‘lgan bu yaramas oqimning Amerika imperializmi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlanayotgani haqidagi hujjatlar va axborotlarga egamiz», — deya Izadiyning so‘zlarini keltirmoqda Fars agentligi.
Bundan tashqari, Izadiyning qayd etishicha, IShIDga AQSh tomonidan ko‘rsatilayotgan madad «mintaqada vositachilik urushi» olib borishning bir usuli hisoblanadi. «Bu takabbur davlatlar tomonidan Eron Islom Respublikasiga qarshi ishlatiladigan yangi nayrang», — degan armiyalar shtabi boshlig‘i o‘rinbosari.
«Katta IShID»
Vashington turli yo‘llar bilan IShIDni qo‘llab-quvvatlab kelishi haqida ilgariroq Eron parlamenti spikeri Ali Larijoniy ham bayonot bergan edi. Uning bayonotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar allaqachon o‘z demokratiyasini pulga almashtirib, «bosh iblisga» aylanib bo‘lgan.
«AQShdagi vaziyat shu darajaga yetdiki, demokratiya va inson huquqlari pulga almashtirildi. Amerika demokratiyani qurbon qildi», — degan Larijoniy 7 iyun kuni Tehronda sodir etilgan qo‘shaloq terakt qurbonlarining janoza marosimida.
Spikerning so‘zlariga ko‘ra, «Islom davlati»ga qarshi deyilayotgan kurashga qaramasdan, AQShning o‘zi «katta IShID»ning aynan o‘zginasidir.
«Biz IShID va uning jangarilariga qarshi kurashib yotibmiz, biroq Amerika — jahondagi eng katta IShID va mintaqada ham ular IShID tomon bo‘lib turishibdi. Biz pardani ko‘tarib, Amerika armiyasi va MRB IShIDning asosiy madadkorlari ekanligini aniqlab beramiz», — degandi Larijoniy.
Javob reaksiyasi
Eron spikerining bunday reaksiya bildirishiga AQSh prezidenti Donald Trampning Tehrondagi teraktlar borasida ko‘p ma'noli bayonotlari sabab bo‘ldi. AQSh prezidenti «amerikaliklar begunoh qurbonlar uchun qayg‘uga cho‘mib, duo qilishayotgani»ni aytib, sodir etilgan terakt uchun aybning bir qismini Eron hukumati zimmasiga yuklagan. Trampning fikriga ko‘ra, «Terrorchilikni qo‘llab-quvvatlayotgan davlatlarning o‘zlari ham yovuzlik qurboni bo‘lish tahdidi ostida turishadi».
Vashingtonning fikricha, Eron IShIDning homiylaridan biri hisoblanadi va shu sababli mamlakatga joriy etilgan bir necha saksiyalarni saqlab qolmoqda. Boz ustiga, AQSh Senati 7 iyun kuni Eron Islom Respublikasiga qarshi qo‘shimcha cheklovlar bo‘yicha keyingi muhokamani qo‘llab-quvvatladi. Oraliq ovoz berishda qonun loyihasini yoqlab 92 nafar senator ovoz bergan, yetti kishi qarshi bo‘lgan.
Terrorchilar hujum uyushtirgan kuni Vashingtonning bu xatti-harakatlarini Eron tashqi ishlar vaziri Javod Zarif ham tanqid ostiga olib o‘tgan.
«Eronliklar AQSh malaylari tomonidan uyushtirilgan terrorizm bilan to‘qnash kelgan chog‘da Oq uy bayonoti va sanksiyalar bir-birini inkor etadi. Eron xalqi AQShning do‘stlik haqidagi bunday va'dalariga ishonmaydi», — deb yozgan Zarif Twitter’da.
Repugnant WH statement & Senate sanctions as Iranians counter terror backed by US clients.Iranian people reject such US claims of friendship
— Javad Zarif (@JZarif) June 8, 2017
Terrorchilar bilan til biriktirish
Bu orada Rossiya mudofaa vazirligi ham Amerika Qo‘shma Shtatlarini terrorchilar bilan aloqadorlikda aybladi. Xususan, Suriya hududidagi Rossiya qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni, general-polkovnik Sergey Surovkin amerikalik harbiylar Suriya hukumat qo‘shinlarining terrorchilarga qarshi kurashi uchun turli to‘siqlar yaratayotgani, jangarilarni esa qo‘llab kelayotganini aytib o‘tgan.
«Suriyaning minglab tinch aholisining o‘limida aybdor terrorchilarni qirib tashlash o‘rniga AQSh tomonidan rahbarlik qilinayotgan koalitsiya ularga bo‘ysunuvchi Demokratik kuchlar ittifoqi bilan birgalikda IShID rahbarlari bilan til biriktirishmoqda, natijada, terrorchilar o‘zlari egallab turgan aholi punktlarini koalitsiyaga jangsiz, osongina topshirib, Suriya hukumat qo‘shinlari faol harakat olib borayotgan viloyatlarga yo‘l olishmoqda».
Misol tariqasida u As-Suvayda viloyatida hukumat qo‘shinlari guruhlarining shiddatli hujumini misol keltirgan. Bunda ularga Vashington tomonidan boshqariladigan xalqaro koalitsiya aviatsiyasi xalaqit bergan. Surovkin Amerika harbiylarining Suriya hukumat qo‘shinlariga nisbatan nodo‘stona xatti-harakatlarini oqlashga bo‘lgan urinishlari absurdligini ham ta'kidlab o‘tgan.
«O‘zlarining harakatlarini ular Suriya hukumat qo‘shinlari mamlakat janubida muxolifat jangarilarini tayyorlash bo‘yicha Amerika bazalari va lagerlariga tahdid solishi, kabi absurdona sabab bilan tushuntirishmoqda», — dedi qo‘mondon.
Uzil-kesil g‘alabaga xalaqit berishmoqda
Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi operativ bosh boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy ham mana shu pozitsiyadan turib chiqish qildi. Uning ta'kidlashicha, AQShning shubhali xatti-harakatlari Suriyada terrorchilarga qarshi kurashishda xalaqit bermoqda.
«Hozircha biz koalitsiya xatti-harakatlari Suriya hukumat qo‘shinlari IShID guruhlari ustidan uzil-kesil g‘alaba qozonishiga xalaqat berish uchungina yo‘naltirilganini ko‘rishimiz mumkin. Biz koalitsiyadagi hamkorlarimizdan bunday holatlarga yo‘l qo‘ymasligini va endi Suriya hududida IShID terrorchilik guruhlariga qarshi kurashish ishiga jiddiyroq yondashishni so‘rab qolamiz», — deya Rudskoyning so‘zlarini keltirmoqda RIA Novosti.
Rudskoyning qayd etishicha, bu holatda Suriya armiyasi va Rossiya HKK tomonidan muxolifat kuchlariga qarshi biror xatti-harakat sodir etilmayapti. «Rossiya HKK tomonidan quvvatlanayotgan Suriya hukumat qo‘shinlari Suriya muxolifatiga qarshi harbiy harakatlar olib bormayapti, asosiy maqsadi — IShID, «Jabhat un-Nusra» va ular bilan kafillangan terrorchilik guruhlarini tor-mor etish yo‘lida izchil kurashmoqda», — degan u.
Mavzuga oid
21:54 / 18.11.2024
Tramp noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilish rejasi borligini tasdiqladi
21:08 / 18.11.2024
Oq uy Ukrainaga AQSh qurollari bilan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berilganini tasdiqlamadi
20:14 / 18.11.2024
Ukraina ATACMS bilan Rossiya hududlariga zarba berishi mumkin. Bu nimani o‘zgartiradi?
17:22 / 17.11.2024