Jahon | 23:41 / 13.06.2017
5680
3 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq rahbari 5 yillik qamoq jazosiga tortilishi talab qilinmoqda

Foto: Fotolia / samantha vial

Ispaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish prokuraturasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining sobiq direktori va Ispaniya hukumati raisining sobiq o‘rinbosari Rodrigo Ratoni 5 yillik qamoq jazosiga tortishni talab qilmoqda.

Prokuratura uni va yana 30  dan ko‘proq odamni Ispaniyaning yirikligi bo‘yicha 4-raqamli banki Bankia’ning (sobiq Caja Madrid) birjaga muvaffaqiyatsiz chiqishi holati uchun hujjatlarni soxtalashtirishda ayblamoqda. Rato bu bankni 2010 yildan 2012 yilgacha boshqargan. Bundan tashqari, sudlanuvchilar o‘rindig‘idan yana 30 dan ko‘proq odam, jumladan, Bankia’ning sobiq vitse-prezidenti Xose Luis Olivas hamda sobiq maslahatchilari Xose Maruel Fernandes Norniella va Fransisko Verdu joy oladilar.

Prokuraturaning ma'lum qilishicha, Rato birjada aksiyalarning birinchi marta joylashtirilishi vaqtida "Bankia yaxshi istiqbolga egaligi haqida yolg‘on xabar" bergan. Ratoning gaplari haqiqatdan ancha yiroq bo‘lgan. Prokuraturaning fikricha, Ratoning bu xatti-harakatlari "mavjud ma'lumotlar asosida bankka investitsiya kiritgan uning yangi aksiyadorlariga ziyon yetkazgan". Prokuratura Ratoga qamoq jazosidan tashqari, 60 ming yevrolik jarima solishni talab qilmoqda.

Rato Xose Mariya Asnar boshchiligidagi hukumatda bosh vazir o‘rinbosari (1996-2004), iqtisodiyot vaziri (1996-2004) bo‘lgan. U shuningdek 2010-2012 yildarda Bankia’ni, 2004-2007 yillarda esa XVJni boshqargan.    

Fevralda Ispaniya milliy sudi Ratoni boshqa ish – Caja Madrid’ning "qora bank kartalari"dan o‘z manfaati yo‘lida foydalanganlik bo‘yicha 4,5 yillik qamoq jazosiga mahkum qilgandi. Rato hozircha ozodlikda qolmoqda. Milliy sud ish oliy sud tomondan ko‘rib chiqilmaguncha hukm ijrosini qoldirishga qaror qilgan.

2012 yilda o‘n millionga yaqin mijozga ega bo‘lgan Caja Madrid bankini kasodga uchrashdan qutqarish davlatga 23 mlrd yevroga aylangan. 

Mavzuga oid