Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XVJ jahon iqtisodiyoti xavf ostida qolayotganligini bildirdi
XVJning Yevropadagi bo‘limi rahbari Poul Tomsenning aytishicha, YeI mamlakatlari YaIM hajmi 2019 yilgi darajaga 2022 yilga kelibgina qaytishi mumkin.
Foto: REUTERS/Yuri Gripas
Jahon iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqirozdan asta-sekin tiklana boshladi, ammo hali ham xavf ostida qolmoqda. Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyevaning so‘zlariga ko‘ra, COVID-19ning ikkinchi to‘lqini yanada ko‘proq muammolar keltirib chiqarishi mumkin, deb yozmoqda Reuters.
Georgiyevaning aytishicha, pandemiyani tutib turish va uning iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga ketayotgan xarajatlar bois qarzdorlik o‘smoqda, ammo qo‘llab-quvvatlash choralaridan voz kechishga hali erta.
«Biz hali xavfdan qutulganimiz yo‘q», — dedi u.
Avvalroq XVJning Yevropadagi bo‘limi rahbari Poul Tomsen YeI mamlakatlari YaIM hajmi 2019 yilgi darajaga 2022 yilga kelibgina qaytishi mumkinligini aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevrohudud iqtisodiyoti bu yil 9,3 foizga qisqaradi.
Mavzuga oid
07:20 / 27.03.2026
Infografika: 2026 yilda dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
14:31 / 13.03.2026
Statistika: iqtisodiyoti eng tez o‘sgan hududlar ro‘yxati
22:24 / 12.02.2026