Belarus Xalqaro valuta jamğarmasining (XVJ) 940 mln dollarlik tezkor kredit taqdim etiş doirasida qöyilayotgan talablarini bajarmaydi, dedi respublika prezidenti Aleksandr Lukaşenko.
"Belarusga 940 mln dollarlik tezkor moliyalaştiriş taqdim etiş imkoniyati haqida gapirilgandi. Bu qanday hal etiladi?" – deb savol berdi Lukaşenko.
Uning sözlariga köra, kredit berişdagi qöşimça şartlar mamlakat uçun qabul qilib bölmaydigan hisoblanadi.
"Talab paydo böldi: koronavirusga qarşi kuraşda xuddi Italiya kabi yöl tutinglar. Xudo körsatmasin, Belarusda ham Italiyadagidek holat takrorlanişini istamayman. Bizning öz mamlakatimiz bor va vaziyat ham özimizniki", - dedi Lukaşenko.
"XVJ karantin, izolyatsiya, komendantlik soati joriy etişimizni talab qilyapti. Bu qanday bema'nilik? Biz heç kimning noğorasiga öynamaymiz", - deb ta'kidladi Belarus prezidenti.
Belarus aprel oyi boşida koronavirus oqibatlariga qarşi kuraş doirasida XVJga 900 mln dollar kredit taqdim etişini sörab murojaat qilgandi. Jamğarma bu borada hozirça ijobiy qaror çiqargani yöq.


















