Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York markazida ko‘p qavatli binodagi falokat oqibatida ko‘pchilik jarohat oldi
Nyu-Yorkning markaziy tumani Traybekadagi ko‘p qavatli binolardan birining yerto‘lasida moyli qizdirgichning portlashi oqibatida 34 kishi jarohat olgan. Portlash oqibatida katta miqdorda is gazi va zaharli moddalar atrofga tarqalgan.
Voqea 13 iyun kuni ertalab yuz bergan, deb xabar bermoqda NBC New York telekanali.
"Nyu-York politsiyasi vakilining aytishicha, 34 nafar jarohatlanganlardan biri og‘ir jarohat olgan, ba'zilar esa hushsiz holda bo‘lgan", deyildi xabarda.
Ko‘pchilik kichik jarohat olgan va ularga joyida yordam ko‘rsatilgan, qolganlar shifoxonaga yetkazilganlar.
Mahalliy mansabdor shaxslarning ma'lumotlariga ko‘ra, portlash Myurrey-strit ko‘chasidagi 12 qavatli binoning yerto‘lasida soat 08:30da yuz bergan. So‘ngra yong‘in chiqqan. Voqea joyiga tezda qutqaruv xizmatlari yetib kelgan.
Binoda yashovchilar evakuatsiya qilinganlar. Qutqaruvchilar qo‘shni binolarda is gazi darajasini aniqlash ustida ish olib borishmoqda. Huquq-tartibot idoralari voqea yuzasidan tergov ishlarini boshlashgan.
Mavzuga oid
10:33
Qo‘qondagi uyda portlash yuzasidan jinoyat ishi ochildi
14:47 / 25.02.2026
Samarqandda xonadonda portlash sodir bo‘ldi
20:48 / 24.02.2026
Moskvadagi vokzalda portlash: Bir politsiyachi halok bo‘lib, yana 2 nafari jarohatlangan
15:23 / 24.02.2026