Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: “Sud tizimi rahbarlari qachon Ellikqal'a, Mo‘ynoq, Qo‘rg‘ontepaga boradi?”
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni mamlakatdagi sud organlarining adolatli faoliyatini ta'minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi davomida Oliy Sud kengashi oldiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish vazifasini qo‘ydi. Har bir sudya tomonidan aholi bilan joylarda bir oyda bir marta ochiq muloqotlar tashkil etish haqidagi taklif majlis ishtirokchilari tomonidan to‘liq ma'qullandi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev sud tizimi rahbarlarining xalqdan uzilib qolayotgani masalasiga tanqidiy ruhda to‘xtaldi.
“Sud tizimi rahbarlari qachon chekka tumanlar - Ellikqal'a, Mo‘ynoq, Qo‘rg‘ontepaga borib xalq bilan muloqot qiladi. Har bir tumanda sayyor sudlarni o‘tkazilishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Endi sudlarning 30-35 foizi fuqarolar ichida sayyor sud shaklida o‘tadi”, dedi prezident.
Yig‘ilish davomida sudya lavozimida faoliyat ko‘rsatayotgan sud xodimlari o‘z faoliyati yuzasidan markaziy va mahalliy televideniye orqali hisobot berib borishi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida axborot berishi bilan bog‘liq amaliyotni qo‘llash vaqti kelganligi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026