Ötgan hafta davomida ikki soha namoyondalari bizni boplaşdi. Biri şou-biznes vakillari bölsa (asl san'atkorlar emas), ikkinçisi terma jamoa libosida futbol öynovçilar (asl futbolçilar emas). Har ikkisi biz uçun aziz edi. Birinçi soha vakillari öz pulimizga bölsada, quvonçli kunlarimizda bizga yanada xuş kayfiyat ulaşib yurişardi, ikkinçi sohadagilar esa ğalaba qilganlari hamon hamma ayblari keçirilib, qahramonga aylanib ketişaverardi. Ammo bu safar hammasi uzil-kesil ado böldi şekilli...

Avvalo norozi bölgan xonandalar töğrisida. Ta'kidlaşim lozim, men bu mavzuga asosiy nişon bölgan Ozodbek Nazarbekovning san'atini hurmat qilaman, qöşiqlarini eşitaman, 15 yildirki mavqeini saqlab turgani ham tahsinga loyiq. U turli tadbirlarda pulsiz qolayotgani va yetarliça hurmat körsatilmayotgani töğrisida gapirganida şitob bilan qarsak çalayotganlar töğrisida bir narsa deyişim qiyin. Har biri alohida mavzu. 

Lekin hofizlarimizning qaysidir tadbirlarga borib, pulsiz va oç qolganlari töğrisidagi e'tirozlari rosa “ajoyib” böldi.

Bu borada köp gapirildi, ayniqsa hamkasbimiz Şuhrat aka hammasini joy joyiga qöyib keng tahlil qilib berdi. Faqat qisqaroq qöşimça bor xolos, yangi gap yöq.

Aziz xonandalar, sizga bir savol, noçor bir odam sizni töyiga taklif qilsa va beradigan puli yöqligini aytsa, borarmidingiz? (Ammo hamma bilmasayam siz yaxşi bilasiz, özbek alohida pul bermasayam qistir-qistir bor ekan, quruq qolmasligingiz tayin). 

Yöq albatta!

Çunki sizda obro‘, ovoz, ajoyib piar kompaniya bölişi mumkin. Ammo töy oxirida atalgan pulni ham, qistirilgan tuşumni ham uy egasiga hadya qilib ketgan Komiljon Otaniyozov, Şerali Jörayev kabi jömardlik yetişmaydi. Şunday emasmi?

Xöş, oddiy muxlisga (öşa sizni köklarga kötarayotgan, boqayotgan xalq vakiliga) bunday iltifot körsatmas ekansiz, nega sizning tanobingizni tortib qöyişi mumkin bölgan taşkilotlar xizmatiga boraverasiz? Demak tilingiz qisiq joyi bor, qörqasiz va yanayam qiziği puldan ham kattaroq, mukofot, himoya, obro‘ kabi nimadir ilinjidasiz. Şunday ekan endi e'tirozga na hojat?! 

Oç qolganingiz töğrisidagi qiçqiriq esa heç bir toğoraga siğmaydi. Toşkentning qoq markazida yuritilayotgan va hamişa gavjum bölgan restoranlaridagi bir taomning yarim narxiga har qanday viloyatda kekirib yuboriş mumkin edi. E, qoyil sizga!

Ikkinçi sohaga ötsak: futbolçilarimiz millatning asabini yeb bitiriş, tuşkunlikka tuşiriş, har tört yilda tuğilgan umidlarni söndiriş uçun yurişganini (yugurişganini emas!) avval ham aytganman. Futbol işqibozlari töp surişni xohlasalar, kiçik maydonlar yetarliça borligini, (no)professional futboldan butkul voz keçib, boks, kuraş kabi sport turlarini rivojlantirişni ham taklif qilganman. Bilaman, bu taklif inobatga olinmaydi. Hali çiqişimiz öta mavhum bölgan öyinlarda darajamiz şu bölgan, mö'jiza yuz berib, Rossiyaga borib qolsak ham şarmanda bölişimizni hamma ta'kidlayotgan termamizning ahvoli şu bölsa ham, döstona töp suriladigan maydonda “Surxon” klubi şifokori (!) mehmonga borgan va yerda yotgan “Andijon” vakilini tepkilasa ham futbol saqlanib qolaveradi. Çunki buning ortida juda katta industriya yotibdi!