Tailandda Txam Luang ğoridan yoş futbolçilar va ularning murabbiyini olib çiqiş operatsiyasida iştirok etganlar şarafiga 10 ming kişilik keçki ovqat uyuştirildi. Tantanali tadbir 6 sentabrda bölib ötgan.
Tadbirga qutqaruvçilar jamoasidan taşqari, 3 haftalik operatsiyaga öz uluşini qöşgan barça kişilar taklif etilgan. Ular orasida tailandlik va xorijlik ğavvoslar, harbiylar, politsiyaçilar, ğorşunoslar va boşqalar bölgan.
Tadbir Bangkokning tarixiy qismidagi Qirol maydonida ötgan. Bu yerda soyabonlar ostida stollar joylaştirib, mehmonlarga qirollik oşxonasi taomlari tortiq qilingan.
Bolalar va ularning murabbiyi barça yiğilganlarga minnatdorlik bildirişgan. Tadbir söngida yiğilganlar Tailand xalqini birdamlikka çorlovçi “Birdamlik qöşiği”ni ijro etişgan.
Bolalar va ularning murabbiyi 23 iyunda ğorga kirib ketib, u yerda yöqolib qolgandi. Ularni 10 kundan keyin aniqlaşga muvaffaq bölingandi. Bolalarni qutqariş operatsiyasi 8 iyuldan 10 iyulgaça davom etgan.











