Röyxatni şakllantirişda futbolçilarning klubdagi maoşi, bonuslari va turli hamkorliklar orqali topayotgan daromadlari hisobga olingan.

Reytingni hamon Kriştianu Ronaldu boşqarmoqda. Portugaliyalik 39 yoşli forvardning joriy mavsumdagi daromadi 285 million dollarni taşkil etgan. Lionel Messi 135 mln dollar daromad bilan 2-örinda bölsa, Neymar jami 110 mln daromadi bilan uçlikni yakunlab bergan.

2024/25 yilgi mavsum holatiga köra, jahonning eng köp haq oluvçi futbolçilari top-10ligi (Forbes talqini):

1. Kriştianu Ronaldu («An-Nasr») – 285 mln dollar (220 mln klubdan tuşadigan daromad, 65 mln futboldan taşqari daromad);

2. Lionel Messi («Inter Mayami») – 135 mln (60+75 mln. MLS taqvimi sababli mavsumdagi emas, 2024 yildagi daromadi körsatilgan);

3. Neymar («Al-Hilol») – 110 mln (80+30 mln);

4. Karim Benzema («Al-Ittihod») – 104 mln (100+4 mln);

5. Kilian Mbappe («Real») – 90 mln (70+20 mln);

6. Erling Holand («Mançester Siti») – 60 mln (46+14 mln);

7. Vinisius Junior («Real») – 55 mln (40+15 mln);

8. Muhammad Saloh («Liverpul») – 53 mln (35+18 mln);

9. Sadio Mane («An-Nasr») – 52 mln (48+4 mln);

10. Kevin de Bryuyne («Mançester Siti») – 39 mln (35+4 mln).