Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya prezidenti FIFAga kutilmagan taklif bilan chiqdi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuv vaqtida kutilmagan taklif bilan chiqdi. Janubiy Koreya prezidenti Infantinodan 2030 yilgi jahon chempionati mezbonligini Shimoliy Koreya bilan birgalikda o‘tkazishni so‘ragan.
"Agarda Osiyoning shimoliy-sharqidagi qo‘shni mamlakatlar, shu jumladan, Janubiy hamda Shimoliy Koreya jahon chempionatini birgalikda o‘tkazsa, bu ushbu mamlakatlarning va barcha hududning murosaga kelishi uchun hissa qo‘shgan bo‘lar edi", – dedi Mun Chje In.
Ma'lum qilinishicha, Infantino bu masalani ko‘rib chiqishga va'da bergan. 2030 yilgi mundialga mezbonlik qilish uchun Xitoy va Yaponiya ham da'vogarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
10:10 / 09.06.2026
Jahon chempionati hakami AQShga kiritilmadi
20:05 / 28.05.2026
Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?
23:06 / 21.05.2026
O‘zbekiston U-17 jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi
22:24 / 18.05.2026