Futbol böyiça Eron milliy jamoasi AQŞ va Isroil bilan harbiy mojaroga qaramay, 2026 yilgi jahon çempionatida iştirok etadi. Bu haqda Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino taşkilot yiğilişida ma’lum qildi.

U öz nutqida FIFA «dunyoni birlaştirişi» haqida gapirgan.

«Albatta, Eron milliy jamoasi jahon çempionatida iştirok etadi. Jamoa AQŞda öynaydi. Sababi oddiy: biz birlaşişimiz, odamlarni birlaştirişimiz kerak. Bizning mas’uliyatimiz aynan şundan iborat. Dunyoni futbol birlaştiradi», – deya Infantinoning sözlarini keltirgan Mundo Deportivo.

«Dunyoda muammolar yetarli. Butun dunyo böylab odamlarni bir-biridan ajratişga harakat qilayotganlar ham yetarli. Agar heç kim birlaştirişga harakat qilmasa, dunyomiz nima böladi? Biz buni qilişimiz şart va bizda şunday imkoniyat bor», – deya qöşimça qilgan FIFA prezidenti.

Eron futbol olamidagi asosiy turnir hisoblangan mundialni boykot qilişi mumkinligi haqidagi gaplar 28 fevral kuniyoq, Yaqin Şarqda harbiy harakatlar boşlanişi bilan paydo bölgandi. Xususan, Eron sport vaziri Ahmad Dunyomoli «AQŞga safar uçun şaroit mavjud emasligi»ni qayd etgandi.

«Bu korrupsiyalaşgan hukumat rahbarimizni öldirganidan kelib çiqib, heç qanday holatda bu turnirda iştirok eta olmaymiz. Bolalarimiz xavf ostida. Mohiyatan jahon çempionatida iştirok etişimizga imkon beradigan heç qanday şaroit qolmadi. Amerikaliklar töqqiz oy içida bizga qarşi ikki marta uruş oçdi va minglab eronliklarni azobli ölimga mahkum etdi. Biz Ştatlarga bora olmaymiz», – degandi u mahalliy telekanal efirida.

Keyinroq eronliklar jahon çempionatida iştirok etişning muqobil yöllarini qidira boşladi. Qaysidir pallada öyinlarni AQŞdan Meksikaga köçiriş haqida ham gap bordi, ammo bu ğoya amalga oşmadi.

«FIFA yakunda öyinlarni asl joyidan köçiriş imkonsiz degan qarorga keldi. Bunday qadam taşkilotdan ulkan logistik sa’y-harakatlarni talab qilardi», – degan Goal naşriga Meksika prezidenti Klaudiya Şeynbaum.

Bunday şaroitda Eronning örnini egallaşi mumkin bölgan jamoalar haqida ham gapira boşlaşgandi. Xususan, köpçilik bu örinni Yevropa saralaşi ötiş bosqiçida Bosniya va Hersegovinadan mağlub bölgan (1:1, penaltilar seriyasida – 1:4) Italiyaga berişni taklif qildi.

The Athletic esa FIFA bu örin uçun qit’alararo pley-off taşkil etib, unda Osiyo va Yevropadan turnirga yöllanma ololmagan ikkitadan jamoa iştirok etişini nazarda tutuvçi versiyani örtaga taşlagandi.