Sport | 20:50 / 13.06.2017
13768
3 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018 saralashi. O‘zbekiston ta'qibchilarining o‘zaro to‘qnashuvida g‘olib aniqlanmadi

Osiyo qit'asida JCh-2018 saralash o‘yinlari davom etmoqda.

A guruhida 8-tur doirasida O‘zbekistonning guruhdoshlari Suriya va Xitoy terma jamoalari uchrashdi. Bu uchrashuvda 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi.

O‘yinning 12-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Mahmud al Muvas penalti orqali hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda 68 va 75-daqiqalarda Gao Lin va Vu Si xitoyliklarning javob gollarini urishdi. Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Suriya hisobni tenglashtirdi, gol muallifi - Ahmad al-Saloh.

Endilikda guruhda Suriya 9 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qolmoqda, beshinchi o‘rindagi Xitoyda 6 ochko. Agar Xitoy bu o‘yinda g‘alabani saqlab qolganida, suriyaliklar O‘zbekistonga yaqinlashish imkoniyatidan mahrum bo‘lar edi.

Shunga qaramasdan, 8-turdan keyin 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda joylashgan va Eronga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin bosh murabbiyi Samvel Babayan aytganidek, hali jahon chempionati yo‘llanmasi uchun imkoniyat saqlab turgan O‘zbekiston terma jamoasida imkoniyat saqlanib qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi saralash bosqichining 9-turida safarda aynan Xitoy termasi bilan to‘qnash keladi.  

JCh-2018 saralashi, Osiyo mintaqasi
8-tur

Suriya – Xitoy 2:2 (1:0, 1:2)
Gollar: Mahmud al-Mavas (12, penalti), Ahmad al-Solih (90) – Gao Lin (68, penalti), Vu Si (75)
Suriya: Ibrohim Alma, Amro Jyenyat, Ahmad al-Solih, Umar Midani (Ahmad al-Douni, 86), Muayad Ajan, Fahad Yusuf (Yusuf Kalfa, 80), Tamer Haj Muhammad, Mahmud al-Mavas, Zohir al-Midani, Xolid al-Mubayad (Nasuh Nakdali, 63), Mardik Mardikyan.
Xitoy: Jyeng Cheng, Linpeng Jang, Shenchao Vang, Xanven Deng (Jipeng Jiang, 65), Siating Feng, Si Vu, Lei Vu, Boven Xuang (Junmin Xao, 83), Xanchao Yu, Sijye Jang (Ji Siao, 56), Lin Gao. 
Ogohlantirishlar: al-Solih (44), Tamer Haj Muhammad (90) – Jyeng Cheng (11), Xao Junmin (85), Jipeng Jiang (90)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid