2016 yilda O‘zbekistonda energiya iste'moli 52,7 mln. tonna yonilg‘iga yetdi
O‘zbekistonda neftning tasdiqlangan zaxiralari 2016 yil yakunlariga ko‘ra 0,1 mlrd. tonnani (0,6 mlrd. barrel) tashkil etdi. Bu haqda Britaniyaning British Petroleum’i (BP) tomonidan jahon energetikasiga bag‘ishlangan hisobotida aytiladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston tabiiy gaz zaxiralari o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra 1,1 trln. kubometrni tashkil qildi. O‘zbekistonning jahon zaxiralaridagi ulushi 0,6 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekistonning neft va gaz bo‘yicha isbotlangan zaxiralari 2015 yil bilan solishtirganda saqlab qolingan.
BP ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2016 yilda neft qazib olish hajmini 3,1 foizga kamaytirdi - 2,6 mln. tonna neft. Kompaniyaning ta'kidlashicha, O‘zbekiston o‘rtacha bir sutkada 55 ming barrel neft qazib olgan (2015 yil bilan taqqoslaganda -3,1 foiz).
O‘zbekistonda neft iste'moli hajmi o‘tgan yilda 2015 yil bilan solishtirganda 0,7 foizga oshdi - 2,8 mln. tonnagacha. Shu bilan birga, 2016 yilda neftni o‘rtacha sutkalik iste'moli 59 ming barrelni tashkil etdi.
Britaniya kompaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, neftni qayta ishlovchi zavodlarning o‘tkazish imkoniyati 2016 yilda 2015 yil bilan taqqoslaganda 11,5 foizga oshdi – kuniga 70 ming barrel. Neftni qayta ishlovchi zavodlar quvvati kuniga 232 ming barrelga teng.
BP’ning ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 2016 yilda 62,8 mlrd. kub metr gaz qazib olindi, bu 2015 yil bilan taqqoslaganda 8,4 foizga ko‘p (57,7 mlrd. kub metr gaz).
2016 yilda gazning iste'moli hajmi 51,4 mlrd. kub metrga teng bo‘ldi, bu 2015 yil ko‘rsatkichidan 2 foizga ko‘proq (50,2 mlrd. kub metr).
O‘zbekistondagi ko‘mir zaxiralari 2016 yil yakunlariga ko‘ra 1,37 mlrd. tonnadan oshdi, deya qayd etgan BP kompaniyasi. Bu jahon zaxiralarining 0,1 foiziga teng. O‘tgan yilda O‘zbekiston 1,1 mln. tonna ko‘mir qazib oldi, bu 2015 yil bilan taqqoslaganda 1,8 foizga kam. Ko‘mir iste'moli hajmi 2016 yilda 1 mln. tonnaga qadar pasaydi, bu 2015 yil bilan solishtirganda 10,1 foizga kam.
2016 yilda elektr quvvatini ishlab chiqarish quvvati 2015 yil bilan taqqoslaganda 1,9 foizga oshdi - 58,9 teravatt-soatgach.
Britaniya kompaniyasining ta'kidlashicha, O‘zbekistonda 2016 yilda energiya iste'moli hajmi neftga o‘girganda 2015 yildagi 51,7 mln. tonnadan 52,7 mln. tonna yonilg‘iga yetdi. Shu bilan birga, neftga o‘girganda 46,2 mln. tonna yonilg‘ining ulushi (2015 yilda - 45,2 mln. tonna) tabiiy gaz hissasiga, 2,8 mln. tonna (2,7 mln. tonna) – neftga va 1 mln. tonna (1,1 mln. tonna) – ko‘mirga, shuningdek, 2,7 mln. tonna (2,7 mln. tonna) – gidroenergiya hissasiga to‘g‘ri keladi.
Karbonad angidridni chiqarib tashlash hajmi 2016 yil yakunlari bo‘yicha 117 mln. tonnani tashkil etdi, bu 2015 yil bilan taqqoslaganda 1,4 foizga ko‘proq.
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
21:29 / 29.10.2024
Jizzaxda 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “metan zapravka” aniqlandi
15:54 / 29.10.2024