AQShning yashash eng arzon shaharlari o‘ntaligi
Amerika Qo‘shma Shtatlari bo‘yicha turmush kechirish arzonliigi bo‘yicha Teas shtatiga teng keladigani yo‘q, deb qabul qilingan. Biroq, AQSh jamoat va iqtisodiy tadqiqotlar bo‘yicha Kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatning Meksikaga yaqin chegaralaridan boshqa hududlarida ham yashab, pulni tejash mumkin. Lifehacker quyida Qo‘shma Shtatlarning arzon uy-joy va kunlik iste'mol mahsulotlari bo‘lgan shaharlar o‘nligini havola qiladi.
10. Oklaxoma-Siti, Oklaxoma shtati
Yashash minimumi: (AQShdagi o‘rtacha qiymatdan) 15,5 foizga past.
Aholisi: 631 346 kishi.
Bir oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 47 779 dollar (AQShda: 53 889 dollar).
Turarjoy o‘rtacha narxi: 138 600 dollar (AQShda: 178 600 dollar).
Ishsizlik darajasi: 4,2 foiz (AQShda: 4,9 foiz).
Oklaxoma shahridagi eng yirik shahar shtat ma'muriy markazi uchun eng quyi narxlar bilan faxrlansa arziydi. Bu yerda turarjoy xarid qilish mamlakatdagi o‘rtacha narxdan 28,8 foiz arzonga tushadi. Bu ko‘chmas mulk xarid qilish va ijara narxiga birdek tegishlidir.
9. Konuey, Arkanzas shtati
Yashash minimumi: 15,6 foiz past.
Aholisi: 64 980 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 47 504 dollar.
O‘rtacha uy narxi: 160 400 dollar.
Ishsizlik: 3,5 foiz.
Konueyda bir necha yirik kompaniyalar, xususan, raqamli marketing bilan shug‘ullanuvchi Acxiom kompaniyasining bosh qarorgohlari joylashgan. Bundan tashqari, Markaziy Arkanzas universiteti ham shu yerda. Garchi, Konuey bu ro‘yxatda turarjoy qimmatligi bo‘yicha yetakchilik qilsa-da, Amerikaning boshqa shaharlari bilan qiyoslaganda ko‘chmas mulkka xarajat unchalik ham katta emas. Tibbiy xizmatlarning ham arzonligi shahar jozibadorligini oshiradi.
8. Jonsboro, Arkanzas shtati
Yashash minimumi: 15,9 foiz past.
Aholisi: 73 907 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 41 688 dollar.
O‘rtacha uy narxi: 141 400 dollar.
Ishsizlik: 3,4 foiz.
Jonsboroda Arkanzas davlat universiteti joylashgan. Bu esa, unda istiqomat qilish talabalarga ham qulayligini anglatadi. Uy xarid qilmoqchi bo‘lgan mamlakatdagidan 28,2 foiz kamroq pul to‘laydi. Tibbiy xizmatlar ham unchalik qimmat emas, Jonsboroda shifokor qabuli boshqa aksar shaharlardagidan 18 foiz, ko‘zoynak tanlash 30 foiz, stomatolog xizmati 25 foiz arzonroq.
7. Norman, Oklaxoma shtati
Yashash minimumi: 16,2 foiz past.
Aholisi: 120 284 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 51 491 dollar.
O‘rtacha uy narxi: 160 100 dollar.
Ishsizlik: 3,5 foiz.
Ushbu shahar aholisi daromadlari mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichga yaqin bo‘lgan bir vaqtda, kunlik yashash qiymati ancha arzonligi bilan farq qiladi. Normanda deyarli hamma narsa: oziq-ovqatdan tortib benzingacha arzon. Ayniqsa, turarjoy narxi kishini xursand qiladi. Normanda xonadonni AQShning boshqa shaharlaridan 44 foiz arzonroqqa ijaraga olish mumkin.
6. Indianapolis, Indiana shtati
Yayashash minimumi: 16,2 foiz past.
Aholisi: 853 173 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 41 987 dollar.
Turarjoy narxi: 118 300 dollar.
Ishsizlik: 4,0 foiz.
Indianapolis arzon shaharlarning eng yirigi bo‘lib, yirik shahar qulayliklari va arzon narxlarni uyg‘unlashtirgan. Indiana poytaxti barqaror iqtisodiyoti bilan farqlanadi. Tahsil olishni rejalashtirganlar uchun bu yerda bir necha kollej va universitetlar, jumladan Batler universiteti bor. Dunyodagi eng yirik Indianapolis muzeyi bolalarning jonu-dili.
5. Noksvill, Tennessi shtati
Yashash minimumi: 16,3 foiz arzon.
Aholisi: 185 291 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 34 226 dollar.
Turarjoy narxi: 118 300 dollar.
Ishsizlik darajasi: 4,5 foiz.
Bu shahar barcha narsa, taomdan transportgacha demokratik qiymatlari bilan yaxshidir. Bu yerda Tennessi universiteti joylashgan. Ayollar basketboli shuhrat zali ham shu yerda. Bundan tashqari, undan Greyt Smoki Mauntinz milliy parki juda yaqinda.
4. Memfis
Yashash minimumi: 17,0 foizga past.
Aholisi: 655 770 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik darmadi: 36 445 dollar.
O‘rtacha turarjoy narxi: 94 000 dollar.
Ishsizlik darajasi: 5,3 foiz.
Memfisda arzon uy-joy deyish, yetarli emas. Axir, bu yerda 100 000 dollardan kamroq to‘lab, butun boshli hovli-joyni xarid qilish mumkin. AQShning ko‘plab shaharlarida bu mablag‘ga ipoteka bo‘yicha ilk to‘lovni amalga oshirsa bo‘ladi.
Xonadon ijarasi ham 1/3ga arzonroq. Shu bilan birga, ish topish unchalik ham mushkul emas. Memfis Missisipi daryosiga yaqinligi tufayli yirik transport uzeli hamdir. Bu yerda 3ta yirik gigantlar FedEx, International Paper va AutoZone kompaniyalari bosh qarorgohlari joylashgan.
3. Kalamazu, Michigan shtati
Yashash minimumi: 20,0 foiz past.
Aholisi: 76 041 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 33 009 dollar.
Turarjoy narxi: 96 600 dollar.
Ishsizlik darajasi: 4,2 foiz.
Kalamazu — nafaqat arzon, unchalik ham boy bo‘lmagan shahar hisoblanadi. Shahar aholisining 1/3 qismi qashshoqlik yoqasida. Boshqalari ishsiz yoki kam ish haqi oladi. Mahalliy iqtisodiyotni yurituvchi asosiy dvigatellar Michigan g‘arbiy universiteti, Pfizer farmatsevtika kompaniyasi va Stryker tibbiyot anjomlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyadir.
2. Harlingen, Texas shtati
Yashash minimumi: 20,6 foizga past.
Aholisi: 65 774 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 34 466 dollar.
O‘rtacha uy narxi: 80 600 dollar.
Ishsizlik: 7,2 foiz.
Texas shtati janubidagi hayot unchalik ham qimmat emasligiga ayrim salbiy sabablar asos bo‘ladi. Harlingen aholisining 32,5 foizi qashshoqlik yoqasida yashaydi. Shunga ko‘ra, bu yerdagi oziq-ovqat va benzin narxlari ancha arzon. Uy narxi esa, boshqa shaharlardagidan o‘rtacha 98 000 dollar arzonroq.
1. Mak-Allen, Texas shtati
Yashash minimum: 23,7 foizga past.
Aholisi: 140 269 kishi.
Oilaning o‘rtacha yillik daromadi: 44 254 dollar.
O‘rtacha turarjots narxi: 115 400 dollar.
Ishsizlik: 7,8 foiz.
Mak-Allen Harlingenga qaraganda kattaroq va boyroq: bu yerda bir oilaning o‘rtacha daromadi 10 000 dollar balandroq va bu eng kam yashash minimumida. Mak-Allenning salbiy jihatlari qatorida aholining 26,1 foizi qashshoqlik yoqasida ekanini aytish mumkin. Shuningdek, shaharda semizlikdan aziyat chekuvchilar hissasi juda yuqori. Biroq, bu yerda turli-tuman qushlarni uchratish mumkin. Mak-Allenda 60 ming m2 maydondagi Quinta Mazatlan ornitoloik stansiyasi bor.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024