Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Drondan foydalanganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi
O‘zbekistonda mamlakat havo hududidan ruxsatsiz foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik kiritildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
O‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekiston havo hududidan noqonuniy (ruxsatsiz) foydalanish, jumladan uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalar tomonidan ham, eng kam oylik ish haqining yigirma barobaridan yuz barobarigacha jarima yoki qonunbuzarlik buyumlarini musodara etgan holda o‘n besh sutkaga ma'muriy qamoqqa olib keladi.
O‘zbekiston havo hududidan noqonuniy (ruxsatsiz) foydalanish, jumladan uchuvchisiz boshqariladigan uchar qurilmalar tomonidan ham, ma'muriy javobgarlik qo‘llanilganidan so‘ng takroriy ravishda amalga oshirilgan, o‘rta og‘irlikdagi yoki og‘ir tan jarohatiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining yuz barobaridan ikki yuz ellik barobarigacha jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi, deyiladi qonunda.
Shunday xatti-harakat inson o‘limiga sabab bo‘lgan bo‘lsa – uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Bunday harakat insonlarning qurbon bo‘lishi; falokat; boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etish bilan jazolanadi.
Mavzuga oid
18:09 / 01.07.2026
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Gurjistonda bo‘ladi
17:46 / 01.07.2026
Xonobod, Angren va Termiz transport-logistika sohasiga ixtisoslashtiriladi
14:02 / 30.06.2026
Prezident futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi
13:45 / 30.06.2026