Prezident ta’kidlaganidek, mamlakatda islohotlarning ilk kunlaridan yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ularning orzu-intilişlarini röyobga çiqariş davlat siyosatining ustuvor yönalişi etib belgilangan.

Qayd etilişiça, har bir mahallada yoşlar yetakçilari faoliyati yölga qöyildi, nuroniylarning hayotiy tajribasidan yoşlar tarbiyasida keng foydalanilmoqda, har haftaning payşanba kuni esa «Yoşlar kuni» deb e’lon qilinib, barça davlat idoralari yoşlar muammolarini hal etişga safarbar qilingan.

Davlat rahbari sönggi yillarda erişilgan natijalarga ham töxtalib, «Yoşlar daftari» orqali 1,5 million nafar yoşning muammolari hal etilganini, yoş tadbirkorlar soni beş barobar oşib 287 mingdan oşganini qayd etdi. Şuningdek, xorijiy tillarni örganayotgan yoşlar soni 3,5 millionga yetgani, iqtidorli öquvçilar xalqaro fan olimpiadalarida 434 ta, yoş sportçilar esa xalqaro musobaqalarda 2 ming 245 ta medalni qölga kiritgani ta’kidlandi.

Prezident yoşlar jinoyatçiligi ikki yilda 2,5 barobar kamayganini qayd etar ekan, bu sohada hali hal qilinişi lozim bölgan vazifalar köpligini ta’kidladi. Şu munosabat bilan vazirlar, hokimlar, rektorlar, texnikum va maktab direktorlari yoşlarning muammo va ehtiyojlari bilan tizimli şuğullanişi zarurligi körsatib ötildi.

Uçraşuvda prezident zamonaviy dunyoda bilim, ilm-fan va innovatsiyalar hal qiluvçi omilga aylanganini qayd etib, yoşlarga şunday murojaat qildi: «Ajdodlarimiz insoniyat taraqqiyoti uçun qanday buyuk işlar qilgan bölsa, sizlar Yangi Özbekistonda yangi uyğoniş davri – Uçinçi Renessans poydevorini yaratadigan kuç bölişingiz kerak».