O‘zbekistonlik ziyoratchilar Umra amalini bajarishga jo‘nab ketishdi
13 iyun kuni Buxoro, Samarqand, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyati ziyoratchilaridan iborat guruhlar joriy yil Ramazon oyida umra ibodatini ado etish uchun maxsus tashkil etilgan charter reyslarda Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar bo‘limi xabar bermoqda.
Muborak safar oldidan o‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun Toshkent shahridagi “Novza” masjidida iftorlik va saharlik dasturxoni yozildi. Ziyoratchilarni Toshkent xalqaro aeroportida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda boshqa mutasaddi tashkilot xodimlari kuzatib qo‘ydilar.
Yurtdoshlarimiz “Umra-2017” Ramazon mavsumida Madina shahridagi “Mavadda Nur” mehmonxonasida 3 kun bo‘lib, bu muddatlarda Payg‘ambarimizning muborak masjidlarida ziyoratu ibodatlarda bo‘ladilar.
So‘ngra, umra amalini ado etish uchun Makka shahriga borib, u yerda besh yulduzli, barcha qulay sharoitlarga ega bo‘lgan “Abroj al-Meridian” mehmonxonasida 7 kun davomida istiqomat qilishlari belgilangan.
Mazkur safar davomida ziyoratchilarimizga o‘zbekistonlik tajribali ishchi guruhi, qo‘li shirin oshpazlar va malakali shifokorlar hamrohlik qiladi.
“Umra-2017” Ramazon mavsumida jami 650 nafar fuqarolarimiz umra ibodatini ado etishlari rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
10:59 / 04.07.2024
Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi
08:38 / 05.03.2024
Ramazon oyining boshlanish sanasi e’lon qilindi
14:57 / 08.01.2024
O‘zbekistonda umra ziyorati uchun narxlar arzonlashdi
07:31 / 20.07.2023