Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Kun.uz mobil ilovasidan bepul foydalanish imkonini taqdim etmoqda
Eng yirik aloqa operatori Beeline avvaldan to‘lov tizimi abonentlari uchun Kun.uz ommabop yangiliklar resursining mobil ilovasidan bepul foydalanish imkonini taqdim etmoqda.
Voqeani sharhlar ekan, Unitel’ning tashqi aloqalar va kommunikatsiyalari bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov shunday dedi: “Bizning strategiyamiz – Beeline abonentlariga an'anaviy xizmatlar to‘plamidan ham ko‘proq xizmatlarni amalga oshirishdir. Kun.uz kabi obro‘li axborot resurslaridan bepul foydalanishga imkon yaratish esa – mijozlarimiz doimo so‘ngi yangiliklardan xabardor bo‘lishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatdir”.
2012 yilda tashkil topgan Kun.uz, bugungi kunda o‘zining tezkor, aniq va xolis axborot berishi bilan ma'lum bo‘lgan O‘zbekistonning yetakchi internet nashri hisoblanadi. Sayt har kuni O‘zbekiston va jaxon yangiliklarini yoritib boradi va nafaqat faktlar, balki voqealarning kelgusi rivojini, tahlil va ekspertlar izohlarini ham yoritadi.
Mobil ilovani quyidagi havolalar orqali yuklab olish mumkin:
Aktsiya 2017 yilning 31 avgust kuniga qadar amal qiladi. Aktsiya roumingda amal qilmaydi, amal qilish geografiyasi – O‘zbekiston Respublikasi. Ilovani yuklab olish uchun to‘lov abonentning tarif rejasi asosida amalga oshiriladi. Batafsil ma'lumot Beeline.uz saytida
Mavzuga oid
14:15 / 03.12.2025
Hindiston hukumati smartfonlarda o‘chirib bo‘lmaydigan davlat ilovasini joriy etmoqda
15:55 / 08.08.2025
Endi Beeline foydalanuvchilari kunlik abonent to‘lovi yechish xizmatini o‘zlari boshqara oladi
21:47 / 14.07.2025
Pul qayerga ketdi? Kundalik xarajatlarni qayd etib borish uchun 3 ta bepul ilova
11:41 / 11.06.2025

